Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:39

Futbol: O‘zbek fanatlari "siporoq" keladi


Port Said shahrida futbol o‘yini 74 kishining o‘limi bilan yakunlandi.
Port Said shahrida futbol o‘yini 74 kishining o‘limi bilan yakunlandi.

Misrning Port Said shahrida Al-Masri va Al-Ahli futbol jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv chiqqan to‘qnashuvda 74 kishi nobud bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbol fanatlari klubi yetakchisi Ozodlik bilan suhbatda "bunday hol bizda ro‘y bermaydi", deya ishonch bildirdi.

Chorshanba kuni Misrning Port Said shahrida Al-Masri va Al-Ahli futbol jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv fojeali tugadi. Uchrashuv tugashigayoq ishqibozlarning maydonga tushib, mushtlashgani oqibatida 74 kishi nobud bo‘ldi. Misr televideniyesi xabariga ko‘ra, zo‘ravonliklarda mingdan ziyod odam jarohatlangan. Shu sababdan talafotlar soni ortishi mumkinligidan xavotir bildirlmoqda.

Qiziqqonlik faqat misrlik futbol ishqibozlariga xos emas. Angliya, Germaniya, Rossiyada ham futbol fanatlari to‘polon qilgani haqidagi xabarlar tez-tez paydo bo‘lib turadi. O‘tgan yili Tojikistonning “Ravshan” va “Istiqlol” komandalari o‘rtasidagi uchrashuvda ham fanatlar o‘rtasida janjal chiqqan edi.

O‘zbekistonlik futbol fanatlaridan biri Ozodlik bilan o‘zaro suhbatda bundan ikki-uch yil avval Toshkentda ham futbol ishqibozlari to‘polon qilganini eslaydi.

“O‘shandan keyin to‘polonchi fanatlar tegishli joyga chaqirtirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan”, deydi suhbatdoshimiz.

Uning aytishicha, hozirda bunday “potentsial” to‘polonchilar maxsus tilxat bilangina stadionga qo‘yiladi.

O‘zbekiston futbol ishqibozlari klubi yetakchisi Abdurahmon Fozilov Ozodlik bilan suhbatda Misrning Port Said shahrida fanatlar uyushtirgan zo‘ravonliklarni keskin qoralab, O‘zbekistonda bunday hol ro‘y bermasligiga ishonch bildirdi.

XS
SM
MD
LG