Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:54

O‘zbek futbolchilarining Osiyo kubogidagi raqiblari aniqlandi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 22 yoshlilar o‘rtasida birinchi marotaba o'tadigan Osiyo kubogi uchun saralash musobaqalaridagi raqiblari aniqlandi.

Birinchi marotaba 22 yoshlilar o'rtasida o'tadigan Osiyo kobogi saralash o'yinlariga qur'a tashlash marosimi 14 fevral kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala Lumpurdagi bosh qarorgohida bo'lib o'tdi.

41 mamlakatni yetti guruhga bo'lgan qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2013 yili o'tadigan Osiyo kubogi saralash bosqichida Iordaniya, Yaman, Bangladesh va Nepal jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Osiyoning eng kuchli jamolari bo‘lgan Avstraliya bilan Yaponiya esa bitta guruhda bellashadi.

Barcha saralash o'yinlari 2012 yilning 23 iyunidan 2 iyuligacha o'tkaziladi.

Eslatamiz, 2013 yilga belgilandan yoshlar Osiyo kubogi 22 yoshlilar o'rtasida birinchi marotaba o'tkaziladi. OFK vakillariga ko'ra, har ikki yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan 22 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo kubogining 2015 yilgi musobaqasi 2016 yilga belgilangan Olimpiada o'yinlariga saralash bosqichi sifatida ko'riladi.
XS
SM
MD
LG