Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:42

Sharjada o‘zbekistonlik ayol odamfurushlikda ayblanmoqda


Birlashgan Arab Amirliklarida ikki ayolni foxishalikka majburlagani gumonlanayotgan o‘zbekistonlik qo‘shmachi ayol ustidan mahkama boshlangan.

Bu haqda Amirlikda chiqadigan Khaleej Times ro‘znomasi xabar qildi.

Ismi aytilamyotgan 41 yashar o‘zbekistonlik ayol odam savdosida ayblanmoqda.

O‘tgan yil iyul oyidan buyon Sharja shahrida yashab kelgan bu ayol qirg‘izistonlik ikki qizni mehmonxonada ming dollarlik oylikka farrosh bo‘lib ishlaysan, degan aldov va‘dalar bilan olib kelib ularni foxishalikka majburlagani iddao qilinmoqda.

O‘tgan yilning sentyabr oyida qirg‘izistonlik ikki qiz foxishalikka majburlanganliklari haqida Sharja shahridagi Qirg‘iziston konsulxonasiga shikoyat qilganidan so‘ng, politsiya o‘zbek ayoli ketidan tushgan.
XS
SM
MD
LG