Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:21

Ta‘limdagi islohotlar o‘zini oqlayaptimi?


O‘zbekistonda mukammal ta‘lim tizimi yaratildi deyilayotgan bir pallada qishloq maktablari va kollejlar o‘quvchilari oylab dars soatlarini dalada o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonda mukammal ta‘lim tizimi yaratildi deyilayotgan bir pallada qishloq maktablari va kollejlar o‘quvchilari oylab dars soatlarini dalada o‘tkazmoqda.

Bahs maydonining navbatdagi sonida buxorolik va farg‘onalik maktab o‘qituvchilari mamlakat ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotlar qanchalik o‘zini oqlagani haqida bahslashadi.

O‘tgan haftada Toshkentda “Yuksak bilimli va intelluktual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 48 davlatidan ta‘lim tizimi rahbarlari, olimlar va mutaxasssislar ishtirok etdi.

Bu konferentsiyada nutq so‘zlagan prezident Islom Karimov O‘zbekistonda ta‘lim sohasida chuqur islohotlar olib borilgani va natijada bu soha mukammal darajaga yetganini ta‘kidladi.

Islom Karimovga ko‘ra, "o‘qituvchilar ish haqlarining o‘sish sur‘atlari iqtisodiyotning real sohasidagi ish haqi miqdoridan taxminan 1,5 barobarga ko‘proq o‘sgan".

Bir so‘z bilan aytganda, o‘qituvchilarga barcha sharoitlar muhayyo etilgan, bolalar yuksak bilimli va intellektual rivojlangan holda maktab, kollej va oliygohlarni tugatyapti.

Biroq o‘zbekistonlik aksar o‘qituvchilar ta‘lim tizimidagi islohotlar ishlamayotgani, o‘qituvchilarning ish haqlari kam ekanligi, o‘qituvchilarning mahalliy hokimiyatlar mardikoriga aylanib qolganligi va qishloq maktablari o‘quvchilarining dala ishlariga majburan jalb etilayotganini aytadilar.

Bugun ana shu mavzuda Farg‘onalik o‘qituvchi Mukambarxon Oripova va buxorolik o‘qituvchi Abror Maqsudov bahslashadi:

Mukambarxon Oripova: Men ta‘lim sohasida olib borilayotgan barcha islohotlarni yoqlayman. Ta‘lim sohasiga bugungi kunda berilayotgan e‘tibor fidoyi o‘qituvchilar uchun juda ham o‘rinli, deb bilaman. Bu e‘tibor kelajagimizni yuksalishi uchun asos bo‘lyapti, deb o‘ylayman...

Abror Maqsudov: Men O‘zbekistonda ta‘lim tizimida qilinayotgan ishlarni faqat buguniga emas, balki bundan o‘n yil oldin qilinganiga ham noroziman. Chunki, men faqat bitta narsani bilaman, agar qaysi mamlakatda bo‘lishidan qat‘iy nazar, o‘qituvchining oyligini va ma‘naviy jihatini yuqori o‘ringa qo‘yib, uni hurmatlamas ekan, o‘qituvchilar yetishtirgan mevalar(men bolalarni nazarda tutyapman) hech qachon pishmaydi...

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG