Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:58

CPJ: O‘zbekiston jurnalistlarni qamash bo‘yicha mintaqada yetakchi


Qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, qamoqqa tashlangan jurnalistlar soni bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi CPJning "Matbuotga hujumlar" nomli yangi hisobotida keltirilishicha, O‘zbekistonda kamida besh nafar jurnalist kasbiy faoliyati uchun qamoqda azob chekmoqda.

Hisobotda 1999 yilda 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekistondagi muxolifatning "Erk" gazetasi bosh muharriri Muhammad Bekjon; shu ro‘znomaning yana bir muxarriri 15 yilga qamalgan Yusuf Ro‘zimurod; olti yarim yil qamoq jazosiga mahkum bo‘lgan "Hurriyat" gazetasining shtatsiz muxbiri G‘ayrat Mehliboyev; 2008 yilda 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Uznews.net muxbiri Solijon Abdurahmonov; 2009 yilda 12.5 yilga mahkum etilgan mustaqil jurnalist Dilmurod Sayyid nomlari keltirilgan.

O‘zbekiston, CPJ ma‘lumotlariga ko‘ra, shuningdek mamlakatni tark etishga majbur bo‘layotgan jurnalistlar soni bo‘yicha ham jahondagi yetakchi o‘n davlatning biridir.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida kamida 18 jurnalist ta‘qib va tahdidlar hamda qamoqqa olinish xavfi tufayli O‘zbekistondan qochishga majbur bo‘lgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati arab davlatlaridagi inqiloblarda Internetning rolini angalagan xolda ommaviy internet tarmoqlariga cheklovlarni kuchaytirgan.

O‘zbekistonda Ozodlik, Bi-bi-si, "Amerika Ovozi", Uznews.net va fergananews.com kabi mustaqil axborot vositalari veb sahifalari man qilingan nashrlar sirasiga kiradi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida O‘zbekistonda 30 ga yaqin yangi veb nashrlarga to‘siq qo‘yilgan.

Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar ochiq bo‘lsa-da, ularning arab davlatlarida bo‘layotgan evrilishlar haqida bahs yuritayotgan forumlari mutlaqo ochilmaydi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mtasiga ko‘ra, o‘tgan yil jahon bo‘ylab qamalgan jurnalistlar soni 179ga yetgan.

Eron, Eritreya va Xitoy jurnalistlarni qamash bo‘yicha jahonda yetakchilik qilmoqda.

Jurnalizm hukumat tomonidan amalda jinoyatga tenglashtirgan Eronda 42 jurnalist hibsda qolmoqda.

Eng ko‘p jurnalist quvg‘inga uchragan davlat esa Efiopiyadir. So‘nggi o‘n yil ichida 79 jurnalist bu mamlakatni tark etgan.
XS
SM
MD
LG