Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:12

O‘zbekiston o‘z uchog‘i qozoq chegarasini buzganini rad etdi


Uzbek drone
Uzbek drone

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik hizmati davlat chegara qo‘mitasi mamlakat havo kuchlariga qarashli hech bir uchqich yoki uchuvchi moslama o‘zbek-qozoq chegarasini kesib o‘tmagani haqda bildirdi.

“O‘zbek samolyoti chegarani buzgani haqida qozoq matbuotida e‘lon qilingan xabarlar obdon o‘rganilmagan va haqiqatdan yiroq xabarlardir”,- deyiladi O‘zbekiston Milliy xavfsizlik hizmati davlat chegara qo‘mitasi e‘lon qilgan bayonnomada.

Avvalroq, Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistonning uchuvchisiz samolyoti Qozog‘istonga o‘tgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Hodisaning 16 fevral kuni Qozog‘istonning Qoraqalpog‘istonga chegaradosh Mang‘istau viloyatida yuz bergani haqida xabar qilindi.

Bu xabarlarni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi.

Qozoq chegarachilariga ko‘ra, O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy chegarasi tomonidan uchib kelgan pilotsiz apparat Qozog‘istonning Beyneu posyolkasiga yaqin hududga past balandlikda uchib o‘tgan.

Qozog‘istonning KTK kanali 16 fevral kuni O‘zbekistonning pilotsiz samolyoti Qozog‘iston g‘arbiy chegarasini kesib o‘tgani, mamlakat g‘arbidagi Beyneu posyolkasi uzra past balandlikda 15 daqiqa parvoz qilib, qo‘shni davlat, ya‘ni O‘zbekiston hududiga qaytib g‘oyib bo‘lgani haqda xabar qilgandi.

O‘zbekiston tomoni ushbu xabarlarni noto‘g‘ri va asossiz deb atamoqda.

O‘zbekiston pilotsiz samolyotlarga ega ekani borasida shu paytgacha ma‘lumot yo‘q edi.

Lekin rasmiy Toshkent AQShning uchuvchisiz boshqariladigan josuslik uchoqlarining o‘z hududi orqali uchirilishiga ruxsat bergani aytiladi.

Aviatsiya sohasi bo‘yicha ixtisoslashgan amerikalik tahlilchi Stefen Trimbl Ozodlik bilan 16 fevral kungi suhbatda Qozog‘iston havo hududida qayd etilgan uchoqning AQShniki emasligi aniq, degan edi:

- Uchoq Predator yoki Reaper (MQ-9) emasligi aniq. U juda kichkina. O‘zimizni Predator kabi 24-30 soatlab tinimsiz uchaoladigan uchoqqa o‘xshamayapti. Lekin, Xitoyning Pterodactyl/Wing Loong uchqichiga o‘xshab ketadi. Bu harbiy uchoqdan ko‘ra ko‘proq o‘yinchoqqa o‘xshaydi ,- deya bildirgan edi tahlilchi Trimbl.

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Ilyos Umarov esa Ozodlik bilan suhbatda: "Biz ega bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra, uchoq O‘zbekistonga tegishli", deya to‘la ishonch bilan gapirgandi.
XS
SM
MD
LG