Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:16

Usama bin Ladinning uyi buzilmoqda


Pokistonning Abbotobod shahrida umrining oxirgi yillarini yashagan "Al-Qoida" rahbari Usama bin Ladinning uyi buzilmoqda.

O‘tgan yil may oyida AQSh maxsus kuchlarining reydi payti Usama bin Ladin ushbu uyda o‘ldirilgan, o‘shandan beri hovli kuchli qo‘riqlanib kelinayotgan edi.

Pokiston rasmiylari nega binoni buzishga qaror qilingani sababini tushuntirmaganlar.

Usama bin Ladin uyiga yaqin yashaydigan odamlarning gap-so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar bu joyning maqbara yoki ziyorat joyiga aylanishini xohlamayaptilar.
XS
SM
MD
LG