Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:59

Rossiyada marg‘ilonlik Tolibjon bedarak yo‘qoldi


Marg‘ilonlik 28 yashar Tolibjon Esonov yaqinlari Rossiyaga ishlashga ketgan bu yigitning O‘zbekistonda qidiruvda ekani e‘lon qilingach¸ yo‘qolib qolganini aytmoqda.

Marg‘ilondan qo‘ng‘iroq qilgan Tohirjonning aytishicha, uning ukasi, 28 yashar Tolibjon Esonovning mana 17 kundirki daragi yo‘q.

- Ukam Esonov Tolibjon. 1984 yilda tug‘ilgan. Rossiyada Nijniy Novgorodda ishlab yurardi. Shaurmaxonada povar bo‘lib ishlardi. O‘tgan yil kelib ënidagi bolalar bilan, ular alohida ishlashadi, kvartira bitta ekan, mahalladagi bolalar, ularning hammasi kelgan paytda ushlab olib kirib qo‘ydi. Eshitishim bo‘yicha¸ ularning kvartirasida bitta shunaqa odam yashagan ekan.

Ozodlik: Qanaqa odam?

- Terroristmi, vahhobiymi bir narsa odam. Endi namozxon odammi o‘sha. O‘rtoqlariga 5 yildan berib yubordi o‘tgan yili. Bitta kvartirada ukam ham yashagan ekanda. Hech kim so‘ragani ham yo‘q, boshqa ham qilmadi.

Ozodlik: Bultur ukangiz O‘zbekistonga qaytganda, uni ham olib kirganmi?

- U kelgani yo‘q edi. To‘yimdan keyin aka-uka borib birga ishlaganmiz. Men keldim. 2009 yilda u keldi. Men uylandim. Uylarning chalasi bor edi. O‘shandan beri bu ëqqa kelgani yo‘q u.

Ozodlik: Keyin nima bo‘ldi?

- Yangi yil kuni ko‘chaga chiqsam, bolalar “Ukangni televizorda chiqardi” deyapti.

Ozodlik: Bu yil yangi yilda-a?

- Ha. O‘shanda bildik. Ayam telefon qilib “Nima bo‘ldi o‘g‘lim? Nima qilgan eding?” desa, “Aya¸ men hech narsa qilganim yo‘q. O‘zim ham bilmayapman, tushunmayapman nimaga bunaqa qilishayapti meni” dedi.

Ozodlik: Demak, ukangizning qidiruvda ekanligini televizordan bildinglar.

- Ha. Bizning uyimizga hozirgacha hech qanaqa odam so‘rab kelgani yo‘q. Keyin 17 kun oldin u ëqda ushlab olib kirib ketishibdi.

Ozodlik: Qayerda? Nijniy Novgoroddami?

- Ha. Hozir qayerda, nima qilayapti bilmayapmiz.

Ozodlik: Nijniy Novgorodda uyidan kim olib chiqib ketibdi?

- Militsiyalar yo‘lda ushlashibdi.

Ozodlik: Militsiyalar ushlab olib ketganini kim ko‘ribdi?

- O‘sha yerda bitta bola bor edi. U keldi. O‘sha aytdi. Buni ertasiga qo‘yib yuboribdi.

Ozodlik: Sizlar nima deb o‘ylayapsizlar, kimdan gumon qilayapsizlar?

- Biz o‘shani bilmayapmizda, deydi marg‘ilonlik Tohirjon.
XS
SM
MD
LG