Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:25

Shinjondagi to‘qnashuvda 20 kishi halok bo‘ldi


Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasi (xaritada qizil rangda) uzoq vaqtlardan buyon etnik asosdagi to‘qnashuvlarga sahna bo‘lib keladi.
Shinjon-Uyg‘ur muxtor o‘lkasi (xaritada qizil rangda) uzoq vaqtlardan buyon etnik asosdagi to‘qnashuvlarga sahna bo‘lib keladi.

To‘qqiz million uyg‘ur yashaydigan Shinjon muxtor o‘lkasida 28 fevral kuni yana qon to‘kildi.

Mahalliy rasmiylar bergan so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, seshanba kuni Qashg‘ar shahrida bolta va pichoq bilan qurollangan noma‘lum shaxslardan iborat guruh mahalliy Yachang bozoridagi kishilarga hujum qilgan va 13 kishini o‘ldirgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya “terrorchi” deb atalayotgan shaxslarga qarshi o‘t ochgan va ulardan yetti nafarini o‘ldirgan, hujumchilardan yana ikki kishini hibsga olgan.

Qarorgohi Germaniyada bo‘lgan Jahon uyg‘urlari kongressi esa mazkur voqeadan keyin politsiya tomonidan 84 kishi hibsga olingani haqida xabar tarqatdi. Kongress vakiliga ko‘ra, bu kabi zo‘rovonliklarning asosi Xitoydagi uyg‘urlarning qatag‘on qilinayotgani ekanini aytdi.

Etnik taranglik uzoq vaqtdan buyon saqlanib qolayotgan Shinjon muxtor o‘lkasida qariyb har yili, ba‘zan esa yilda bir necha bor millatlararo mojarolar yuzaga kelib turadi va bunday tartibsizliklar chog‘ida o‘nlab, ayrim paytlarda hatto yuzlab odam qurbon bo‘ladi, yaralanadi.

Deylik, 2009 yilda Shinjon markazi hisoblanmish Urumchida xanlar va uyg‘urlar o‘rtasida yuzaga kelgan etnik to‘qnashuvda 200 odam o‘lgan, 1700 chog‘li kishi tan jarohati olgandi.

Bunday mojarolardan so‘nggisi Shinjonda o‘tgan yil iyulida sodir bo‘lgan bo‘lib, zo‘ravonliklar chog‘ida 18 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Xitoy rasmiylari o‘shanda mazkur tartibsizliklar uchun Pokistonda tayyorgarlikdan o‘tgan "Sharqiy Turkiston islomiy harakati"ga a‘zo ekstremist dindorlar mas‘ul ekanini bildirgandi.

Ayni paytda Jahon uyg‘urlari kongressi bu kabi fojealarga rasmiy Pekinning mahalliy uyg‘urlarga nisbatan yuritayotgan repressiv siyosati sabab bo‘layotganini bot-bot takrorlab keladi.
XS
SM
MD
LG