Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:31

Futbol: BMT hijobga qo'yilgan ta'qiqqa qarshi


Eronning futbol bo'yicha ayollar terma jamoasi mashg'ulotlar davomida.
Eronning futbol bo'yicha ayollar terma jamoasi mashg'ulotlar davomida.
BMT bosh kotibi Ban Ki Munning sport ishlari bo'yicha maslahatchisi Vilfred Lemke musulmon ayollarga hijob bilan futbol o'ynash huquqini qayta berish taklifi bilan FIFA prezidenti Zepp Blatterga xat yo'lladi.

"FIFA futbol o'ynash uchun barchaga bir hil imkoniyat yaratilishiga kafolat berishga mas'ul" deya yozadi Vilfred Lemke o'z xatida.

Regbi va tekvondo kabi olimpiada o'yinlari dasturidan o'rin olgan sport turlarida ayollarga hijob bilan ishtirok etish huquqi berilgan. Futbolda esa bunday ruxsat yo'q.

2011 yili FIFA xavfsizlik talablaridan kelib chiqgan holda o'yinchilar uchun mahsus yopishqoq to'g'nog'ich bilan tikilgan hijobni (Velcro-opening headscarf) ta'qiqlab qo'ygan edi. Ushbu ta'qiq natijasida E'ronning futbol bo'yicha ayollar Olimpiya terma jamoasi 2012 yilda o'tadigan Olimpiada saralash bahslarining 2-davra uchrashuvlaridan chiqib ketishga majbur bo'lgan.

Futboldagi hijobga qo'yilgan ta'qiq joriy yilning 4 mart kuni Angliyada o'tadigan Xalqaro Futbol Assotsiatsiyasi Kengashi a'zolarining uchrashuvida muhokama qilinishi aytilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, FIFA vitse-prezidenti Iordaniya shaxzodasi Ali Bin Al-Hussayin sportchi ayollar uchun atayin tikilgan hijobni Kengash yig'inida namoyish etadi.

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyasi Kengashi 1886 yilda tashkil topgan va futbol dunyosida eng yuqori pog'onadagi qaror chiqaruvchi organdir.
XS
SM
MD
LG