Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:21

Putin rasman saylov g‘olibi deb e‘lon qilindi


Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Bosh vazir Vladimir Putinni rasman prezidentlik saylovi g‘olibi deb e‘lon qildi.

Komissiya raisi raisi Vladimir Churov yakshanba kungi saylovda Putinga 63,75 foiz ovoz berilganini e‘lon qildi.

Saylovda berilgan ovozlarning 99 foizi sanab bo‘linganidan so‘ng berilgan rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, boshqa nomzodlar orasida ikkinchi o‘rinni Kommunistik partiya yetakchisi Gennadiy Zyuganov olgan. Unga 17,19 foiz ovoz berilgan.

Rossiyalik milliarder Mixail Proxorovga 7,82 foiz, LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiyga 6,23 foiz, "Spravedlivaya Rossiya" partiyasi yetakchisi Sergey Mironovga esa 3,85 foiz ovoz berilgan.

Rossiya poytaxtida berilgan ovozlarning sarhisobi ham aytildi. Ularga ko‘ra, 47,22 foiz ovoz bilan poytaxtda ham oldinda Vladimir Putin bormoqda.

Undan keyingi o‘rinda Proxorov turibdi. Unga poytaxtliklarning 20.21 va Zyuganovga esa 19.12 foizi ovoz bergan.
XS
SM
MD
LG