Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:39

Rossiyalik “Bo‘ron kampirlari“ Yevrovideniyada


20 may kuni Bokuda boshlanadigan “Evrovideniye” musiqa musobaqasida Udmurtiyaning sakkiz kishilik “Bo‘ron kampirlari“ guruhi Rossiyani tamsil qiladi.

Tomoshabinlar va taniqli qo'shiqchilardan tashkil topgan “Evrovideniya” tanlov hay‘ati 7 mart kuni ana shunday qaror qabul qildi.

"Pary for Everybody" (hamma bazm qilsin - tahr.) qo'shig'ini rus, udmurt va inglish tilida kuylagan kampirlar tanlov davomida jami 24 raqibni ortda qoldirishdi. Ular orasida Yliya Volkova, Tamati va 2008 yilgi "Yevrovideniye" go'libi Dima Bilan kabi yulduzlar bor.



Milliy liboslarda sahnaga chiqgan “Bo‘ron kampirlari “ guruhi an'anaviy xor uslubida aytiladigan udmurt tilidagi milliy qo'shiqni zamonaviy pop musiqa yo'nalishida ijro etishdi.

"Bo'ron kampirlari" ishtirokchilari Udmurtiyadagi Bo‘ron qishlog‘ida istiqomat qilishadi. Ularning aytishicha, "Yevrovideniye" tanlovida yutgan pulni qishloqda cherkov qurish uchun sarf qilishadi.
XS
SM
MD
LG