Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:15

Isroil harbiylari G‘azoga hujum qildi


Isroil harbiylarining G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumlari oqibatida kamida uch odamning o‘ldirilgani¸ 30 ga yaqinining jarohatlangani aytilmoqda.

Isroil harbiylari G‘azoda joylashgan jangarilar Isroilga hujum qilishi arafasida ular joylashgan olti hududning nishonga olinganini tasdiqladi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman mazkur hujumlar Hamas va Falastindagi terror guruhlarini zararsizlantirish maqsadida amalga oshirilganini da‘vo qildi.

- Hamas va terror tashkilotlarining Isroil fuqarolarini o‘ldirishni maqsad qilgan hujumlar uyushtirish urinishlari kuchayib ketdi. Eron bunday tashkilotlarga ham harbiy¸ ham moliyaviy ko‘mak beraëtgan asosiy manbadir¸ dedi Isroil diplomatlari rahbari.

Hamas matbuot kotibi Sami Abu Zuhriy esa¸ mintaqada keskinlashgan xavfsizlik vaziyati uchun Isroil va uning istilosini aybladi.
XS
SM
MD
LG