Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:34

Prezident Assadning shaxsiy yozishmalari fosh bo‘ldi


14 mart kuni Britaniyada chiqadigan “The Guardian” gazetasi Suriya Prezidenti Bashar al-Assadning shaxsiy yozishmalarini e‘lon qildi.

Suriyadagi zo‘ravonliklar boshlanganining bir yilligi arafasida “The Guardian” gazetasi e‘lon qilgan maqolada Bashar al-Assad va uning rafiqasi Asma Assadning shaxsiy elektron pochtasidagi 3000 dan ziyod yozishmalarga oid ma‘lumotlar oshkor qilindi.

“The Guardian” ushbu yozishmalar muxolifatdagi Suriya Oliy Inqilob kengashi tomonidan taqdim qilinganini aytmoqda.

Muxolifatchilar Assadga yaqin bo‘lgan kishilardan biri orqali Suriya rahbariga doxil elektron pochta parolini olishga muvaffaq bo‘linganini aytishgan.

“The Guardian” gazetasi yozishmalarning haqiqatan ham Assadga tegishli ekanligini aniqlash borasida jiddiy tekshiruv o‘tkazganini ham qayd etdi.

Yozishmalar o‘tgan yilning iyunidan joriy yilning fevraligacha bo‘lgan vaqtni qamrab olgan.

Maqoladagi ma‘lumotlarga ko‘ra, Assad siyosiy islohotlar borasidagi takliflarni jiddiy qabul qilmaydi. U islohotlarni “Partiya, saylov va matbuot haqidagi safsata qonunlar” sifatida baholaydi.

Bir qancha yozishmalarida Assad Suriyada hukumatga qarshi namoyishlar boshlangach, Eron va Livanlik rasmiylar bilan maslahatlashgani haqida gap boradi.

Qatar amirining qizi Assadning rafiqasi Asmaga yo‘llagan elektron maktubida Assadni prezidentlikdan iste‘foga chiqishga chaqiradi va Dohadan panoh topishlari mumkinligi haqida yozadi.

Xatlarda Assad shaxsiy hayotining ayrim tomonlari ham aks etadi.

“The Guardian” gazetasining Assad yozishmalariga asoslanib yozishicha, Suriya prezidenti bo‘sh vaqtlarida iTunes tarmog‘ida Amerikada yashovchi shaxs nomidan rasmiylashtirilgan hisob orqali iPad kompyuteriga musiqalar yuklab olish bilan shug‘ullanadi.

Asma Assad esa internet orqali Parijdan buyurtirgan shamdon va boshqa uy bezaklari uchun bir necha ming dollar sarflagani aks etgan.

So‘nggi bir yil davomida Suriyadagi zo‘ravonlik payti 8000 odam halok bo‘lgan va mamlakat bo‘hronlar iskanjasida qolgan bir paytda Assad va uning oilasi dabdabali hayotdan lazzatlanib yashashni davom ettirayotgani ularning yozishmalarida aks etadi.
XS
SM
MD
LG