Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:30

Jizzaxda sudyalar qamaldi


O‘tgan yilning noyabr oyida pora olganlikda gumonlanib qamoqqa olingan Jizzax viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi Mo‘min Shukrullayev 12 yil, Zarbdor tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi O‘tkir Abdullayev 10 yil ozodlikdan mahrum etilgan. Fevral oyida chiqarilgan sud hukmi Ozodlikka 16 mart kuni ma‘lum bo‘ldi.

Jizzax viloyati Jinoyat ishlar bo‘yicha sudi raisi Mo‘min Shukrullayev va Zarbdor tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi O‘tkir Abdullayevning ishi Sirdaryo viloyati Jinoyat ishlar bo‘yicha sudida ko‘rilgan.

Jizzax viloyat sudining o‘zini tanishtirmagan xodimiga ko‘ra, Mo‘min Shukrullayev va O‘tkir Abdullayev pora olganlikda ayblanib, 12 va 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ozodlikning Jizzaxdagi manbasiga ko‘ra, o‘tgan yilning kuzida avval Zarbdor tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi O‘tkir Abdullayev milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan edi va ikki haftadan so‘ng Mo‘min Shukrullayev ham hibsga olingan:

- Mo‘min Shukrullayevning qamoqqa olinishiga O‘tkir Abdullayevning bergan ko‘rsatmalari sabab bo‘lgan. U viloyat sudi raisiga pora berib turganligi haqida ko‘rsatma bergan,- deydi Ozodlik manbasi.

2011 yilning avgustida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Q. Amirov va bosh mutaxassis A. Xoljigitov ham pora talab qilganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

2011 yilning aprelida Jizzax viloyat Soliq boshqarmasining transport bo‘limi boshlig‘i Shirin Abdurahmonov va soliq inspektori Dilshod Mahkamovlar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi¸ ya‘ni pora olganlikda aybdor deb topilib, uzoq muddatlarga qamalgan edi.
XS
SM
MD
LG