Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:18

O‘zbekistonda LiveJournal to‘sib qo‘yildi


LiveJournal nafasi bo‘g‘ildi


O‘zbekiston ichkarisidagi mustaqil bloggerlarning Ozodlikka ma‘lum qilishicha¸ o‘tgan hafta oxirida LiveJournal ommabop portali to‘sib qo‘yilgan.

- Saytning asosiy sahifasi ochiladi. Lekin bloggerlarning O‘zbekiston haqidagi sahifasini ochmoqchi bo‘lsangiz¸ to‘siqqa duch kelasiz, deb bildirdi o‘zini Tohir deb tanishtirgan o‘zbekistonlik blogger.

Avvallari LiveJournal o‘zbekistonliklar uchun qisman ochiq bo‘lgan. Bu jonli jurnalda O‘zbekistonda avvaldan to‘sib qo‘yilgan qator veb sahifalari, jumladan Ferghana.ru axborot agentligi sahifasi o‘z kundaligiga ega va agentlikning Markaziy Osië¸ xususan O‘zbekistonga oid xabarlarini to‘siqsiz o‘qish mumkin edi.

- Bir necha yil avval Salimboy haqida maqola berilganidan so‘ng bu sayt O‘zbekistonda qisqa vaqt to‘siqqa uchragan, keyin ochilgan edi. O‘tgan haftadan yana ochilmayapti, deydi LiveJournalda o‘z sahifasiga ega buxorolik blogger ismi aytilmasligi sharti bilan.

LiveJournal ommabop portalining O‘zbekistonda to‘silishining Rossiyadagi Putinga qarshi noroziliklar bilan bog‘liqligi taxmin etilmoqda.

Rossiyadagi “Adolatli saylovlar uchun”, deb nomlangan norozilik tadbirlarini muxolifat aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali muvofiqlashtirgan va bunda LiveJournal bloggerlarining ham roli katta bo‘lgan.

Shuningdek, Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti kabi Internet erkinligini kuzatuvchi xalqaro guruhlar¸ O‘zbekiston hukumatini Tunis, Misr va Liviyada yuzaga chiqqan xalq isënida birlashtiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilgan ijtimoiy tarmoqlar potentsiali ham xavotirga solaëtganini aytmoqda.

CA Newsning O‘zbekistonga oid xabarlari to‘sildi


Ayni paytda o‘tgan hafta Markaziy Osiyodagi besh davlatdan rus va ingliz tillarida xabar va tahliliy materiallar berib boruvchi CA News axborot agentligi veb sahifasiga ham qisman to‘siq qo‘yildi¸ deydi agentlik veb muharriri Samad Altinbekov.

- O‘zbekistonda saytimizdagi alohida maqolalarga to‘siq qo‘yilgan, asosiy sahifaga kirish mumkin, O‘zbekiston bo‘yicha alohida maqolalar ochilmaydi, deydi Altinbekov.

Uznews.net, Ferghananews.com, Ozodlik,org va O‘zbekistonga oid kundalik voqealarni yoritayotgan boshqa mustaqil saytlarga ham O‘zbekistonda to‘siq qo‘yilgan.

Ayni paytda¸ Internetdan foydalanishni yaxshi biladiganlar muntazam ravishda hukumat to‘siqlarini aylanib o‘tuvchi proksilardan foydalanishadi.

O‘zbekiston hukumati bir necha yildan beri markazi Parijda joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining "Internet dushmanlari" ro‘yxatidan joy olib kelmoqda.

O‘zbekiston hukumati¸ xususan prezident Islom Karimov mamlakatda mustaqil va muxolif Internet nashrlarning to‘sib qo‘yilishiga oid tanqidlarni rad etib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG