Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:22

Dubayda o‘zbekistonlik ayol yo‘qolib qoldi


Ma‘lumotlarga ko‘ra, Yekaterina Kovalikning O‘zbekistonda 5 yoshli qizi qolgan.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, Yekaterina Kovalikning O‘zbekistonda 5 yoshli qizi qolgan.

Birlashgan Arab Amirligi rasmiylari ikki yarim oydan buyon yaqinlari bilan aloqaga chiqmayotgan o‘zbekistonlik Yekaterina Kovalikni qidirmoqda.

Bu haqda xabar qilgan Gulf News nashriga ko‘ra, ayol yaqinlari bilan oxirgi marta shu yilning 15 yanvar kuni aloqaga chiqqan va shundan so‘ng bedarak ketgan.

Yekaterina Kovalikning opasidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayol 2011 yilning iyul oyidan buyon Dubaydagi “Mall of Emirates” supermarketida ishlab yurgan. Miyasida shish topilganidan keyin esa u ishini tashlab, ashyolarini sotib, O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirib yurgan.

Juvon g‘oyib bo‘lganidan keyin Yekaterinaning onasi uning do‘sti Roman Nosirovga murojaat qilgan, u esa Dubaydagi gazetalar va politsiya orqali ayolni qidira boshlagan.

Romanning Gulf News nashriga aytishicha, “Katya mas‘uliyatli qiz edi va uyiga muntazam ravishda qo‘ng‘iroq qilib turardi”.

Biroq, oradan shuncha vaqt o‘tganiga qaramay, Yekaterina Kovalik uyga qaytmagan va telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob bermagan.
XS
SM
MD
LG