Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:58

Kachalov bozorida o‘lganlarning o‘zbekistonliklar ekani aytilmoqda


Kachalov bozoridagi yong‘in chiqqan joy.
Kachalov bozoridagi yong‘in chiqqan joy.

Moskvadagi bozorda yong‘in chiqqan angarni ijaraga olgan shaxs ustidan jinoyat ishi ochildi va bunga qadar qochib ulgurgan shaxs qidiruvga berildi.

Moskvaning Varshava shossesida joylashgan Kachalov bozoridagi yong‘in seshanba kuni tonggi soat 5 da boshlangan va rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, yong‘in 50 kvadrat metrlik angar ichidan o‘tgan elektr simdan chiqqan.

Angar ichida 20 odam yashagan va uning eshiklari ustidan qulflangani bois ichkaridagilardan faqat 3 kishi jonini qutqara olgan, xolos. Qolgan 17 kishi yonib ketgan.

2006 yildan beri ro‘y bergan eng katta yong‘in, deb baholangan ushbu yong‘indan qurbon bo‘lganlarning hammasi, so‘nggi norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolaridir




Rossiyadagi axborot agentliklari dastlab nobud bo‘lganlarning aksari bozordagi qurilish maydonchasida yotib-ishlayotgan tojikistonlik mehnat muhojirlari ekanini xabar qilgan edi.

Ammo Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Davlat Nazriyev¸ qurbonlar orasida Tojikiston fuqarolari yo‘qligini bildirdi.

- Moskvadagi Tojikiston elchixonasi tomonidan tasdiqlangan bizda mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra, yong‘inda nobud bo‘lagn 17 kishi orasida Tojikiston fuqarolari yo‘q, - dedi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Davlat Nazriyev.

Rossiyadagi tojik muhojirlari jamoasi raisi Karamat Sharipov esa o‘lganlarning tojik tilida so‘zlovchi O‘zbekiston fuqarolari ekani haqida bayonot berdi.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining Ozodlik muxbiri bog‘langan rasmiysi¸ hozirda o‘lganlar shaxsini aniqlash davom etayotgani va elchixona qurbonlarning O‘zbekiston fuqarolari ekani haqidagi ma‘lumotni tasdiqlay olmasligini bildirdi.

Taxminlarga ko‘ra¸ yong‘inda o‘lganlar O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidan kelgan tojik tilda so‘zlashuvchilar bo‘lgan.




Hozirda Ozodlik muxbiri o‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklarga oid tafsilotlarni o‘rganishga urinmoqda.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining bildirishicha¸ yong‘in chiqqan angar o‘tgan oyda tekshiruvdan o‘tkazilgan va tekshiruv davomda 18 ta kamchilik, xususan, inshootning yong‘in xavfsizligi talablariga umuman javob bermasligi aniqlangan.

Ammo, e‘tirozlarga qaramay kamchiliklar bartaraf etilmagan. Shu bois angarni ijraga olgan shaxs ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va ayni damda bu shaxsning o‘zi qochib ulgurgani bois, uning qidiruvga berilgani aytilmoqda.

Москвадаги бозорда ëнғин
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:42 0:00
Бевосита линк


Ayni paytda¸ dushanba kuni kechqurun “Moskva-siti”ning “Vostok” nomli biznes markazida ham yong‘in chiqdi va rasmiylarga ko‘ra¸ yong‘inga qurilish kraniga o‘rnatilgan projektorning tez yonuvchi materiallarga issiqlik ta‘siri sabab bo‘lgan.

67 qavatli binoning oxirgi ikki qavatida dushanba kuni kechqurun ro‘y bergan yong‘in yigirmadan ortiq o‘t o‘chiruvchi va maxsus vertolyotlar ishtirok etdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Sergey Shoygu binoning yong‘indan xavfsizlik holatini yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish haqida buyruq berganini aytdi.

Bundan tashqari, Moskva shahridagi barcha bozorlarida xavfsizlik choralarini qayta tekshirish haqida ko‘rsatma ham berildi.

Aziz mushtariy¸ mabodo siz Moskvadagi bu ikki yong‘inga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz¸ yoxud bu yong‘inlardan talafot ko‘rganlar haqida axborotga ega bo‘lsangiz¸ Ozodlikka ma‘lumot yo‘llang.

Buning uchun Skypeda Ozodskype ga sim qoqing¸ yoxud "Erkin mikrofon" uchun ajratilgan +42 06 02 612 713 raqamiga sim qoqing.
XS
SM
MD
LG