Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:58

"Real" o'yinchisi o'z jamoadoshini tepib yubordi


Pepe (chapda), Messi va Alonso to'p uchun kurashda.
Pepe (chapda), Messi va Alonso to'p uchun kurashda.
Madridning "Real" klubi himoyachisi Pepe o'yin paytida jamoadoshi Alvaro Arbeolani tepib yubordi. Bu voqea 8 aprel kuni Ispaniya chempionati doirasida "Valensiya" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda ro'y berdi.

Raqib hujumchisi Pablo Pyatti bilan to'gnashib, gazonga yiqilgan Pepe yordamga kelgan jamoadoshi Arbeolani tepib, u cho'zgan yordam qo'lini qabul qilmadi. Arbeola esa purtugaliyalik jamoadoshining bu qilig'iga javob bermadi va tepki yegan tizzasini silagancha o'yinni davom etdi.

Ayni damda bu voqea tasvirlangan video YouTube saytida keng muhokamaga sabab bo'lmoqda.



Videoga sharh yozganlarning aksari Pepe o'z jamoadoshini tanimasdan tepib yuborganini tahmin qilmoqda. Biroq ular orasida Pepeni achchig'ini bosa olmaslikda va noprofessional o'yinda ayblaganlar ham yetarli.

Hozirda Ispaniya chempionatida Madridning "Real" klubi 79 ochko bilan yetakchilik qilib bormoqda. Ikkinchi o'rinda esa 75 ochko bilan qirol klubining ashaddiy raqibi "Barselona" kelmoqda.
XS
SM
MD
LG