Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:01

Qizil xoch Turkmanistondagi qamoqxonalarni borib ko‘rdi


Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi delegatsiyasi Turkmanistondagi bir nechta qamoqxonani borib ko‘rdi.

Qarorgohi Jenevada joylashgan tashkilot e‘lon qilgan bayonotga ko‘ra, delegatsiya a‘zolari Turkmaniston rasmiylari bilan hamkorlikni davom ettirish borasida muzokaralar olib borgan.

Xalqaro qizil xoch tashkilotining Toshkentdagi vakili Oygul Xalayle o‘z tashkiloti vakillari Turkmanistondagi mahbuslar bilan yuzma-yuz so‘zlasha olmaganini aytdi.

- Delegatsiya qamoqxonalarga borib mahbuslar qanday yashayotgani, kundalik hayotga nimalar bilan shug‘ullanayotgani bilan tanishdilar. Ikkita joyga borishgan bo‘lsa, mahbuslar bilan yuzma-yuz uchrashishmagan, - dedi Xalqaro qizil xoch tashkiloti vakili Oygul Xalayle.

Inson huquqlari tashkilotlari mahbuslar bilan to‘lib toshgan va kasalliklar tarqalgani aytiladigan qamoqxonalarni xalqaro tashkilotlar vakillari borib ko‘rishi uchun ruxsat bermagani uchun Turkmaniston hukumatini tez-tez tanqid qilib kelgan.
XS
SM
MD
LG