Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:32

Xonlik poytaxti Xiva


Xivadagi Islom Xo'ja minorasi.
Xivadagi Islom Xo'ja minorasi.
Xiva qadimgi arxitektura yodgorliklari chiroyi bilan odamni lol qoldiradi. Yevropalik turistlardan biri aytganiday, ertaklar olamiga tushdim men.

Ilk ko‘zim tushgan narsa Ichon qal‘ada non yopayotgan ayollar bo‘ldi.

Keyin bilishimcha, o‘tin qimmatligi tufayli to‘rtta-beshta oila bitta tandirda birdaniga non yopishayotgan ekan.

Gaz bo‘lmagan qishda g‘o‘zapoya xivaliklar joniga oro kirdi. G‘o‘zapoyaning bir bog‘i 700-1000 so‘m atrofida bo‘ldi. Lekin Xiva ahli so‘zlariga ko‘ra, pul faqat o‘tinga ketgani yo‘q. Pechkada zangori olov bor yo‘qligidan qat‘iy nazar gaz uchun baribir pul ushlab qolinadi.

Xamiri sutga qilinadigan Xiva nonlari juda ham shirin.

Erkaklar pul topish ilinjida Rossiyaga ketgan.

Ichimlik suvi muammosi darhol ko‘zga tashlanadi. Qadimgi binolar chiroyi orasida odamlarning kunda ikki marta shahar kanalizatsiyasidan suv olish uchun "qorovullik" qilayotgani manzarasini ko‘rish mumkin.

Bu manzaraga ko‘zi tushgan turistlar "quduq" deb o‘ylab qiziqib yaqinroq kelishdi, ammo qizlarning kanalizatsiya lyuki oldida o‘tirishganini ko‘rib hayron qolishdi.

Meni hayron qoldirgan narsa Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida bo‘lgani kabi "Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan" shiorining ko‘zga tashlanmagani bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG