Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:54

Kalugada qulagan samolyotni o‘zbekistonlik boshqargan


6 aprel kuni Rossiyaning Kaluga viloyatida qulab tushgan samolyotni O‘zbekiston fuqarosi boshqargani aytilmoqda.

Kaluga viloyati Tergov qo‘mitasi juma kuni kechki soat 8 larda Maloyaroslavka tumanidagi Kudinovo aerodromidan uchgan SM-2000 yengil motorli samolyot qo‘lashi sabablarini taftish etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kaluga viloyati Bosh boshqarmasi vakili Andrey Samoylov Ozodlik bilan suhbatda, qulash oqibatida 4 kishi, jumladan samolyotni boshqargan 43 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lganini tasdiqladi.

- Samolyotni o‘zbekistonlik Ibragimov Ruslan boshqargani aniqlandi. Ibragimov Ruslan kelib dam olish kunlari doimo samolyotni ijaraga olib uchgan. Samolyot Moskva fuqarosiga tegishli bo‘lgan. Nobud bo‘lganlar ichida uch erkak va bir ayol bo‘lgan, deya ma‘lum qiladi vazirlik xodimi Andrey Samoylov.



Tergovchilarga ko‘ra, havaskor uchuvchi Ruslan Ibragimov boshqargan SM-2000 samolyoti 19:30larda Kudinovo aerodromidan ko‘tarilgan va yarim soatlardan keyin 2 kilometr nariroqda qulab tushgan. Qurbonlar yengil motorli samolyotda sayrga chiqqani aytilmoqda.

Tergovchilar samolyot qo‘lashining dastlabki ikkita versiyasi: uchuvchi xatosi yoki uchoqdagi nosozlikka oid ehtimollarni taftish qilomqda.

Bu o‘tgan hafta davomida Rossiyada sodir bo‘lgan to‘rtinchi aviahalokatdir. Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni Tyumen yaqinida ATR-72 yo‘lovchi avialayneri qulashi oqibatida 31 kishi o‘ldi, 12 kishi tirik qoldi. 6 aprel kuni Kareliyada Agusta-119 va Tataristonda Bell-407 vertolyotlari ag‘darilib tushdi.

Jami bu aviahalokatlarda 36 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohatlandi.
XS
SM
MD
LG