Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:54

BMT Anjelina Jolining maqomini oshirdi


BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi Hollivud yulduzi Anjelina Jolini tashkilot rahbari Antonio Guterresning maxsus vakili deb e‘lon qildi.

Anjelina Joli shu paytgacha BMTning yaxshi niyat elchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotan edi.

Oliy komissarlik matbuot kotibi Adrian Edvards 36 yashar amerikalik kinoaktrisa bundan buyon qochqinlarga oid global masalalar ko‘riladigan diplomatik darajadagi uchrashuvlarda Guterresning vakili sifatida ishtirok etishini bildirdi.

Anjelina Joli so‘nggi 10 yil davomida Qochqinlar masalalari bo‘yicha BMT Oliy komissarligi vakili sifatida Iroq, Haiti, Pokiston va boshqa davlatlardagi qochqinlar lagerlariga borgan.
XS
SM
MD
LG