Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:37

O‘zbek jamiyatida ko‘pxotinlilikka ehtiyoj bormi?


Bahs maydonining bugungi sonida o‘zbek jamiyatida asta-sekin urf bo‘lib borayotgan ko‘pxotinlilik mavzusi muhokama qilinadi.

Mart oyida Surxondaryo viloyati Muzrobod tuman Xalq ta‘limi bo‘limi mudiri Yoqub Normurodov ko‘p xotinlilikda ayblanib, sudga tortilgani haqida Ozodlik xabar berdi.

Shuningdek, o‘tgan yil davomida bir qancha lavozimli shaxslar ko‘pxotinligi bois o‘z mansablaridan bo‘shatilgan.

Ko‘pxotinlilik o‘zbek jamiyatida yashirin tarzda urf bo‘lib borayotgani aytiladi. Ayniqsa, amaldorlar, huquqni muhofaza etuvchi idoralar xodimlari va tadbirkorlarning ikkinchi va uchinchi marta yashirin uylanishlari ko‘p kuzatiladi.

Bunday nikohlar rasmiylashtirilmaydi, ko‘p hollarda islomiy nikoh bilan cheklanadi. Chunki, jinoiy qonunlar majmuasi bo‘yicha ikki yoki undan ortiq xotin bilan yashagan shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Biroq bu taqiqlarga qaramasdan, jamiyatda ko‘pxotinlilik ko‘payib boryapti.

Xo‘sh, ko‘pxotinlilik o‘zbek jamiyati uchun xavfmi yoki ayollar muammolarini yechish uchun imkoniyat? O‘zbeklarning ko‘pxotinli bo‘lishi nafs uchunmi yoki silai rahm?

Bugungi bahs mavzusi ana shu haqda. Bahslashuvchilar ko‘pxotinlilik tarafdori, toshkentlik 40 yoshli Nozimjon va ko‘pxotinlilikka qarshi, o‘rtachirchiqlik 45 yoshli Narimon.

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG