Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:06

Farg‘onada maktab direktorlari o‘g‘rilikda ayblanmoqda


Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi ikki maktab direktori davlat mulkini talon-taroj qilish va o‘g‘rilikda ayblanmoqda.

Tuman prokurori A.Abdurahimovning mahalliy matbuotga ma‘lum qilishicha, 15-maktab direktori Qayumbek Davronov va 23-maktab direktori Soyibjon Madaminov so‘nggi uch-to‘rt yil mobaynida o‘qituvchilarga tegishli maosh va mukofot pullarini o‘zlashtirib kelgan.

Xalq ta‘limi mansabdorlariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan davlat mulkini talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste‘mol qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Prokuraturaga ko‘ra, 15-maktab direktori Q.Davronov o‘qituvchilarga “Direktor jamg‘armasi” hisobidan tayinlangan 12 million so‘mga yaqin mukofot pulini hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

23-maktab direktori S.Madaminov esa o‘qituvchilarning 6 million so‘mga yaqin maoshini o‘margan.

Mamlakatdagi xalq ta‘limi tizimi mutasaddilari birinchi marta o‘g‘rilikda ayblanayotgani yo‘q.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning fevralida Toshkent shahri Hamza tumanidagi 206-maktab direktori Xosiyat Muqimova ayni shu jinoyatda ayblanib, 3 yil shartli qamoq va jarima bilan jazolangan.

2012 yil yanvarda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi 25-maktab direktori Hamdam Pardayev juda katta mablag‘ni o‘zlashtirish aybi bilan prokuraturaga so‘roqqa chaqirilishi ortidan o‘z joniga qasd qilgan.
XS
SM
MD
LG