Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:31

Urush qatnashchilariga 400 000 so‘mlik mukofot beriladi


18 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonga qo‘l qo‘ydi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan chiqarilgan mazkur farmonga ko‘ra¸ ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 400 000 so‘m miqdoridagi bir martalik mukofot puli beriladi.

Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar davlat byudjetidan olinishini ta‘kidlagan O‘zbekiston prezidenti qator vazirlik va idoralarni bu mukofotning tantanali topshirilishi uchun mas‘ul etib belgiladi.

Xotira va qadrlash kunining respublika bo‘ylab turli tadbirlar orqali bayram qilinishi ta‘kidlangan farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazir Shavkat Mirziyoev zimmasiga yuklatildi.

Hozirda O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan necha nafari qolgani haqida aniq ma‘lumot yo‘q.
XS
SM
MD
LG