Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:40

Baxtiyor Fattohov: O‘zbeklar Qirg‘izistonning tub aholisidir


Qirg‘iziston Respublikasi o‘zbek milliy-madaniy markazi prezidenti Baxtiyor Fattohov.
Qirg‘iziston Respublikasi o‘zbek milliy-madaniy markazi prezidenti Baxtiyor Fattohov.

Qirg‘iziston O‘zbek milliy-madaniy markazi O‘sh qirg‘inida nohaqdan ayblanib bir umrga qamalgan o‘zbeklar ishini qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda.

Bugungi dasturimiz mavzusini Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan bir-biri bilan bog‘liq uch voqea belgilab berdi.

Birinchi voqea: 18 aprel kuni Qirg‘iziston parlamenti deputati Jildizkan Jo‘ldo‘sheva Umumrespublika test sinovi savollari o‘zbek tiliga tarjima qilinganiga qarshilik bildirdi.

Parlament yig‘inida chiqish qilgan deputat: “Biz Qirg‘iz Respublikasida yashayapmiz. Bizda faqat ikkita til-qirg‘iz va rus tili bor. Test nega o‘zbek tiliga tarjima qilindi? Kelinglar, endi mamlakat nomini O‘zbekiston deb o‘zgartiraylik va Karimovdan bizni o‘ziga qo‘shib olishini iltimos qilaylik. Nahotki hamma O‘sh voqeasini unutgan bo‘lsa”, deb iddao qildi.

Deputat Jo‘ldo‘shevani bir qator hamkasblari ham qo‘llab chiqdi.

Ikkinchi voqea: Bishkekdagi ta‘lim vazirligi binosi oldida “Qirg‘iziston Yoshlar kengashi” deb nomlangan tashkilot miting o‘tkazdi. Mitingchilar test imtixonlarining o‘zbek tilida o‘tkazish taqiqlanishini talab qilishdi.

Uchinchi voqea: O‘shda bir qator nodavlat tashkilotlari rus tilidan rasmiy til maqomi olib tashlanishini talab qildi.

18 aprel kuni bo‘lib o‘tgan mana shu uch voqea Qirg‘izistondagi millatchilik darajasi ko‘rsatkichimi yoki millatparvarlikmi? Qirg‘izistonning tub aholisi hisoblangan o‘zbeklarning bu voqealarga munosabati qanday bo‘lmoqda?

Qirg‘iziston Respublikasi o‘zbek milliy-madaniy markazi prezidenti Baxtiyor Fattohov bilan mana shu savollar atrofida suhbatlashdik.

XS
SM
MD
LG