Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:11

Ulkan palov, oshpazlar akademiyasi va patentlangan qazi haqida


Markaziy Osiyoda ilk marotaba o‘tayotgan oshpazlarning xalqaro anjumani 27 aprel kuni Toshkentdagi Interkontinental mehmonxonasida ochiladi.

Toshkentda xalqaro oshpazlar “sammiti” bo‘ladi.

Bu haqda Ozodlikka bildirgan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarovga ko‘ra, tadbirda Frantsiya, Polsha, Ruminiya, Moldova, Rossiya va Ukraina oshpazlar uyushmasining Halqaro tashkilot vakillari ishtirok etadilar.

Xalqaro oshpazlar tadbirida taniqli o‘zbek oshpaz va qandolatchilari ishtirok qilishi aytilmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston oshpazlar akademiyasi tashkil qilish g‘oyasi muhokama qilinadi.

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarovning Oshpazlar “sammiti” borasidagi fikrlarini mana bu yerda tinglash mumkin.


Dunyodagi eng katta palov pishirish g‘oyasi kechikdi


O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov rekord tonnadagi guruchdan umumiy og‘irligi 5 tonna bo‘lgan palov pishirib, "Ginnes"ning rekordlar kitobiga kirish rejasini amalga oshirish kechikkanligini bildirdi:

- Sammit arafasida dunyodagi eng katta osh damlab "Ginnes" rekordlar kitobiga kirmoqchi edik. "Ginnes" xalqaro qo‘mitasidan aniq javob kelmagani bois tadbir ozroq kechikdi.

Akbar Umarovga ko‘ra, 5 tonnalik oshni damlash uchun aylanasi 7 metr, chuqurligi 80 sm bo‘lgan qozon zanglamaydigan po‘latdan yasalgan:

- Bu yetti metrlik qozonni o‘rtasi 80 sm yoni esa 60 sm. Atrofida olov yoqadigan 8 ta teshigi bor. Xozir Ginnes qo‘mitasidan javob kelsa, biz bu qozonni avvalo o‘zimiz uchun sinab ko‘ramiz. Keyin esa xalqaro kuzatuvchilar ko‘z o‘ngida guruch damlaymiz. Olovni yoqqan paytda har ehtimolga qarshi o‘t o‘chirish guruhi taklif qilinadi. Osh suzilgach 50 ming kishi iste‘mol qilishi mumkin, deydi 41 yashar oshpaz Akbar Umarov.

Akabr Umarov boshchiligidagi guruh 2011 yil dekabr oyida "Ginnes" qo‘mitasiga palov rekordi yuzasidan ariza topshirgan edi.

Shu paytgacha O‘zbekistonlik oshpazlar tayorlagan hech bir taom "Ginnes"ning rekordlar kitobiga kirmagan.

2007 yili Shinjon-Uyg‘ur muxtor mintaqasidagi Urumchi shahrida 1 tonnadan ziyod palov 10 ming kishiga tortilgan.

O‘zbek palovi brend sifatida patentlanmagan


O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarov palovni patentlash g‘oyasini ma‘qullamaydi.

- Mana qozoqlar qazini patentlashdi. Menimcha, bu ma‘qul emas. Chunki ovqat tarixi millat tarixidan qadimroq. Shu ma‘noda bu ovqatlarni ma‘lum etnik guruh faqat meniki deb xatlab qo‘yishi ma‘qul emas deb hisoblayman, deydi Umarov.

Umarov bilan suhbatning davomini mana bu yerda tinglash mumkin.

XS
SM
MD
LG