Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:01

H. Keyn: O‘zbekiston prezidenti kimligini yana esdan chiqardim


U.S. -- Presidential candidate Herman Cain speaks to delegates during the Republican Party of Florida Presidency 5 Convention in Orlando, Florida, 24Sep2011
U.S. -- Presidential candidate Herman Cain speaks to delegates during the Republican Party of Florida Presidency 5 Convention in Orlando, Florida, 24Sep2011

AQSh prezidentligiga sobiq da‘vogar, "O‘zbekiston prezidenti kim", degan savolga “bilmayman” degan javobi bilan tanilgan Herman Keyn hamon O‘zbekiston prezidenti kim ekanini bilmasligi ma‘lum bo‘ldi.

Herman Keynning fikricha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti vakolatiga kiruvchi talablar sirasiga dunyo davlatlari prezidentlari ismlari, jumladan mustaqil O‘zbekistonning birinchi va yagona prezidenti bo‘lib qolayotgan Islom Karimov ismini bilish kirmaydi.

Saylov oldi kampaniyasi davomida Amerikaning CBN telekanaliga bergan intervyusida Keyn “O‘zbekiston prezidenti kim”, degan savolga “Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan prezidenti kimligini bilmayman, siz o‘zingiz bilasizmi o‘zi”, deya javob bergani saylovchilar va siyosatchilar orasida kulgiga sabab bo‘lgan edi.



Respublikachilar partiyasidan Oq uy rahbarligiga sobiq da‘vogar Herman Keyn dekabr oyida prezidentlik poygasidan chiqib ketdi. Lekin bunga uning Karimov kimligini bilmagani emas, bir necha ayol o‘z vaqtida u bilan don olishganini iddao qilgani bilan bog‘liq janjal sabab bo‘ldi.

Layoqatsiz nomzod o‘laroq poygadan chiqib uketgan bo‘lsa-da, Keyn respublikachi da‘vogarlar orasid eng hazilkashi bo‘lib chiqdi. Chunki u prezidentlik da‘vosidan voz kechgach, respublikachi nomzodlar orasidagi bahslar bir muncha maroqsiz bo‘lib qoldi.

Lekin oradan o‘tgan bir necha oy ichida bir narsa o‘zgarmadi: Herman Keyn hamon O‘zbekiston prezidenti kim ekanini bilmaydi. To‘g‘rirog‘i, o‘zining aytishicha, haligi intervьyudan keyin bu haqda qiziqib ko‘rgan, lekin Islom Karimov ismi yana xotirasidan ko‘tarilgan.

Yaqinda CNN kanalining “The Daily Show With Jon Stewart” hajviy shousida qatnashgan Herman Keyn “O‘zbekiston prezidenti kim”, degan savolga, o‘n soniyalik sukutdan keyin, "bu haqda qiziqib ko‘rgan edim, hatto bir muddat uning (Karimovning) ismini ham yodlab oldim, lekin kundalik yumushlarimda bu ismni ishlatmaganim uchun yana yodimdan ko‘tarildi, deya ochig‘ini aytib qo‘ya qoldi.


Har qalay, Herman Keynning rost javobi uchun “yashangey”, deb qo‘ysa arziydi.
XS
SM
MD
LG