Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:56

AQSh Dilmurod Sayidni ozod etishni so‘radi


3 may - Jahon Matbuot kuni arafasida AQSh Davlat departamenti rasmiy Toshkentni 12,5 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Dilmurod Sayidni ozod qilishga chaqirdi.

AQSh Davlat departamenti vakili Viktoriya Nuland 24 aprel kungi matbuot anjumanida Dilmurod Sayidni O‘zbekistondagi korruptsiyaning tanqidchilaridan biri bo‘lgani va uning xalqaro standartlarga mos bo‘lmagan tarzda sud qilinib, qamalganini ta‘kidladi.

Nuland O‘zbekiston hukumatini jurnalistni ozod qilishga chaqiradi.

Ozodlik Dilmurod Sayyidning bugungi ahvolidan xabar olish maqsadida mahkumning ukasi Obid Sayidov bilan bog‘landi.

Obid Sayidov bilan suhbatlashayotganimiz paytda Navoiy qamoqxonasidan mahkum Dilmurod Sayidning o‘zi ukasiga qo‘ng‘iroq qilib qoldi.

Dilmurod uni eslayotganlar uchun minnatdorchilik bildirib, hozirda sog‘ligi yaxshi ekanligini aytdi.

Obid Saidov: Mening oxirgi ko‘rganim 25 yanvarda sutkalik uchrashuvga kirganman. Shundan beri hozirgacha xat yo‘q. Yozgan xatlari kelmayapti. 15 fevralda telefon qilgan. Ikki oyda bir marta ruxsati bor telefon qilishga. Shu telefon qilgandan beri hali birorta xabar yo‘q. O‘zini 25 yanvarda ko‘rganman. O‘sha mahalda sog‘lig‘i endi ancha cho‘kkan. Sochlar oqarib ketgan. Kichkina bo‘lib qolgan. Sog‘lig‘idan shikoyat qilaëtgani yo‘g‘u, moralniy ezilgan ancha-muncha... Hozir... Mana Dilmurod akam telefon qilayapti, hozir... Kak raz o‘zi telefon qilaëtgan ekan hozir turmadan.

Ozodlik: Siz Dilmurod aka bilan gaplashib oling. Men kutib turaman.

Obid Saidov akasi bilan 5 daqiqacha gaplashdi. U suhbat davomida 28 aprel kuni Navoiy qamoqxonasiga akasini ko‘rgani borayotgani va nimalar olib borish zarurligini gaplashishdi.

Suhbat so‘ngida Obid Saidov Dilmurod akasiga uni xalqaro tashkilotlar tashlab qo‘ymayotganini aytib, dalda berdi.

- Aka, 3 mayda Yevropa Ittifoqida ishing ko‘rilarkan. Mana bugun uje ikkinchi marta telefon qilishayapti. Bugun o‘zi podarka bo‘lib qoldi. Mana qo‘limda sotkamda Ozodlik bilan gaplashib turgan edim.

Ozodlik: Bizning nomimizdan ham Dilmurod akaga salom deb qo‘ying.

- Ozodlikdan salom deyishayapti....

- Eslab turganinglar uchun sizlarga ham rahmat, deyapti.

Ozodlik: Ularga ham rahmat. Ahvollari yaxshi ekanmi?

- Qimirlab turibman, yaxshiman deyapti,- dedi Obid Saidov.

U akasi bilan gaplashib bo‘lgach, "Telefonda endi yomonman deb ayta olmaydi. Eshitib o‘tiradi baribir. O‘shalarning oldida ëmonman deya olmaydi. Men o‘zim akam bilan 28 aprelda uchrashib kelaman. O‘shanda sizlarga uning ahvoli haqida anig‘ini aytaman" dedi.

Dilmurod Sayid 2009 yil 22 fevralida Toshkent shahrida qamoqqa olingan edi.

U va yana uch shaxs O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tovlamachilik, hujjatlarni soxtalashtirish, qalbaki muhrlar tayyorlash, qalbaki imzolar qo‘yishda ayblanib, mahkamaga tortilgan.

Samarqand viloyat Toyloq tuman sudi 2009 yilning 30 iyul kuni Dilmurod Sayidga 12,5 yillik qamoq jazosi tayinlagan, o‘sha yil 11 sentyabr kuni tuman appelyatsiya sudi bu hukmni o‘z kuchida qoldirgan edi.

Qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, YeXHT, Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi, Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Dilmurod Sayidning nohaq qamalganini aytib, uning ozod etilishini so‘rab keladi.
XS
SM
MD
LG