Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:27

Terri Jouns yana Qur‘onni yoqdi


Floridalik pastor yana bir bor Qur‘on nusxasi va musulmonlar payg‘ambarining ramziy surati aks etgan qog‘ozlarga namoyishkorona o‘t qo‘ydi.

Islomdan chiqqan eronlik himoyasida


Qur‘onni yoqish harakati bilan dong chiqargan amerikalik pastor Terri Jounsning bu galgi g‘azabiga Eron shariat mahkamasining Yusuf Nodirxoniy ustidan chiqargan hukmi sabab bo‘ldi.

Yoshligida islomdan nasroniylikka o‘tgan eronlik dindorga o‘lim hukmi e‘lon qilishiga norozilik tariqasida Floridaning Geynsvil shaharchasi pastori Jouns 28 aprel kuni musulmonlar muqaddas kitobini yoqdi.

Bu harakat orqali pastor¸ Erondagi yuzlab xonaki nasroniy ibodatxonalar yetakchisiga aylangan Yusuf Nodirxoniyning zudlik bilan ozod etilishini talab qildi.

Aks holda¸ amerikalik pastor¸ butun dunyo bo‘ylab Qur‘onni yoqish aktsiyalari boshlanajagidan ogohlantirdi.

Bu harakati uchun Terri Jounsning Florida politsiyasi tomonidan jarimaga tortilgani aytilmoqda.



Ammo pastorga musulmonlar muqaddas kitobini haqorat qilish yoxud diniy nafratni yoyish emas¸ balki yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganlik uchun 270 dollarlik jarima yozilgan.

Tehron Vashingtondan chora kutmoqda


Terri Jounsning so‘nggi qilig‘iga munosabat bildirgan Eron islom jumhuriyati rasmiylari¸ uning yovuzlik va tubanlik ramziga aylangani va nasroniy ruhoniysining musulmonlarga qarshi qilayotgan bu ishlari na insoniy va na diniy axloqqa to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

- Aksilislomiy chiqishlari bilan tanilgan pastor o‘z axloqsiz harakatini yana bir bor takrorladi. Islomning muqaddas kitobiga nisbatan qilingan vahshiyona harakat dunyodagi 1¸5 milliarddan oshiq musulmonning diniy hissiyotlarini haqoratlashdir. AQSh hukumatidan bu yovuzlikka nisbatan tegishli choralar qo‘llashni so‘raymiz. Bunday kechirib bo‘lmas harakatga qo‘l urgan shaxs keskin jazolanish lozim¸ deyiladi Eron parlamenti qoshidagi Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rasmiysi Husayn Ibrohimiy nomidan e‘lon qilingan bayonotda.

Xabarlarga ko‘ra¸ Terri Jounsning Qur‘on nusxasini yoqishi yaqin kunlarda Eron Milliy majlisining tegishli qo‘mitasida muhokama etiladi.

Qur‘onni yoqish Jouns uchun an‘anaga aylandi


O‘tgan yilning 21 mart kuni Terri Jouns namoyishkorona tarzda muqaddas Qur‘on kitobining nusxasini yoqib yuborgan edi.

Bundan avval esa u 30 kishilik jamoat bilan Qur‘on ustidan sud o‘tkazgan va o‘zicha Qur‘onni zo‘ravonlik, qotillik va terrorchilikda aybdor, deb uni qatl qilish to‘g‘risida hukm chiqargan edi.

Ana shu voqea haqidagi xabarInternet tarmog‘i, xususan, Youtube.com tarmog‘i orqali dunyoga yoyilganidan so‘ng musulmon dunyosi¸ ayniqsa¸ Afg‘onistonda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.

Afg‘onistondagi BMT binosiga qilingan hujumda 14 odam, jumladan, BMT missiyasining Shvetsiya, Norvegiya va Ruminiya fuqarolari bo‘lgan xodimlari hamda nepallik to‘rt xizmatchisi nobud bo‘ldi.

Afg‘onistonda Terri Jounsning harakati ortidan bo‘lgan namoyishlar chog‘ida, turli manbalardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, 30 dan ortiq odam o‘ldirilgan edi.

Bu hodisalar yuzasidan matbuotga izoh bergan amerikalik pastor o‘z harakatidan afsuslanmasligi va o‘zini qurbonlar o‘limida mas‘ul ko‘rmasligi, buning uchun ma‘suliyat esa “zo‘ravon musulmonlar”ning o‘zida, deb bilishini aytgan edi.

AQSh Konstitutsiyasi Jouns himoyasida


Terri Jouns ilk bor 2010 yilda Florida shtatining Geynsvil shaharchasidagi atigi 50 a‘zosi bo‘lgan “Dove World Outreach” cherkovi qavmi bilan 2001 yil 11 sentyabrda uyushtirilgan hujumlarning 9 yilligini xotirlab, musulmonlarning muqaddas Qur‘on kitobini yoqish rejasini ma‘lum qilganda xalqaro matbuot og‘ziga tushgan edi.

O‘shanda Amerikadagi nasroniy va yahudiy liderlar o‘z vaqtida Florida shtatidagi pastorning harakatlarini “diniy erkinlikka qarshi hujum”, deb baholagan edi.

AQSh Davlat departamentida tashkillashtirilgan iftorlikda so‘zlagan Davlat kotibi Hillari Klinton cherkov pastorining muqaddas Qur‘onni yoqish rejasini “hurmatsizlik” va “sharmandalik”, deya atagan edi.

AQSh hukumati va Pentagon rasmiylari chaqirig‘i bilan o‘sha yili niyatidan qaytgan va o‘shanda Nyu Yorkda NBC televideniyesiga: “Biz Qur‘onni yoqmaymiz. Yo‘q ... yo‘q, bugun ham keyin ham hech qachon yoqmaymiz”, deb intervьyu bergan radikal pastor oradan bir yil o‘tib, 2011 yilning 21 mart kuni baribir ham Qur‘on nusxasini yoqib yubordi.
XS
SM
MD
LG