Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:46

Klinton Xitoyda inson huquqlarini muhokama qiladi


AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton.
AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton.

Xitoyga safar boshlagan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton hafta oxirida AQSh-Xitoy Strategik va iqtisodiy muloqoti doirasida Xitoy rasmiylari bilan bo‘ladigan muzokaralarda inson huquqlari masalasi muhokama etilishini ma‘lum qildi.

AQSh Davlat kotibi tashrifi xitoylik ko‘zi ojiz huquq faoli Chen Guanchen 22 aprel kuni uy qamog‘idan qochishga muvaffaq bo‘lib, Pekindagi AQSh elchixonasidan boshpana topgan paytga to‘g‘ri keldi.

Davlat kotibi yordamchisi Kurt Kempbell Xitoy rasmiylari bilan Chenning taqdiri masalasini muhokama qilish uchun Pekinga rejada belgilanganidan oldinroq jo‘nab ketdi.

Hillari Klinton Xitoyga safari oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh inson huquqlari masalasiga yondashuv borasida Xitoy bilan kelisha olmasligini aytdi.

Klinton AQSh elchixonasida yashirgani aytilayotgan Chen haqida ma‘lumot berishdan bosh tortdi. Biroq, muzokaralarda inson huquqlari masalasi ham ko‘tarilishiga va‘da berdi.

- Konstruktiv aloqalar kelishuvga erishilmayotgan sohalar, jumladan, inson huquqlari borasida ochiq so‘zlashuvlarni o‘z ichiga oladi. Men aynan shu ruhda Pekinga jo‘nab ketyapman. Men yig‘ilib qolgan har bir masala, jumladan, inson huquqlari borasida so‘zlashuv olib borilishini kafolatlayman,- Hillari Klinton.

Undan oldin Yaponiya Bosh vaziri Yoshihiko Noda bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot konferentsiyasida so‘zlagan AQSh Prezidenti Barak Obama inson huquqlari ahvolini yaxshilasa, Xitoy yanada kuchliroq mamlakat bo‘lardi, deya bayon qildi.

- Men Xitoydagi inson huquqlari ahvolidan matbuot orqali xabardorman va bu borada hozir bayonot bermoqchi emasman. Shuni ta‘kidlamoqchimanki, har gal Xitoy rasmiylari bilan uchrashganimizda inson huquqlari masalasi ko‘tariladi. Biz buni nafaqat printsiplarimiz va erkinlik haqidagi ishonchimizga mos kelgani uchun ko‘taramiz balki, inson huquqlari ahvoli yaxshilanishidan Xitoy yanada kuchli bo‘ladi deb o‘ylaymiz,- dedi AQSh prezidenti.

O‘tgan hafta uy qamog‘idan qochgan va keyinchali AQSh elchixonasida boshpana olgani aytilgan xitoylik huquq himoyachisi Chen Guanchen bilan bog‘liq vaziyat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik kritishi mumkinligini aytmoqda kuzautvchilar.

Mustaqil ravishda huquqiy bilim olgan 40 yashar Chen Guanchen yoshlik chog‘ida qattiq shamollashdan so‘ng ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan.

Chen Xitoyda majburiy abort, ayollarning sterilizatsiya qilinishi va Pekin hukumatining bir oilaga bir farzand siyosatiga qarshi kurash olib borgan.

Inson huquqlari himoyasi sohasidagi faoliyati uchun to‘rt yillik qamoq jazosini o‘taganidan so‘ng Chen Guachen 2010 yil sentyabr oyidan beri uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

Qarorgohi AQShda joylashgan yetakchi inson huquqlari tashkiloti 30 aprel kuni AQSh va Xitoy diplomatlari Chenning Qo‘shma Shtatlariga kelishiga ruxsat berilishi masalasida o‘zaro kelishuvga erishish arafasida ekanini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG