Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:09

Markaziy razvedka boshqarmasi Al-Qoida hujumini bartaraf qildi


Oq Uy rasmiylari AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Al-Qoida amalga oshirishni rejalashtirgan terror hujumning oldini olgani haqidagi ma‘lumotni tasdiqladi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, terror huruji Yamandan AQShga uchib ketayotgan samolyotda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan.

Qo‘lga tushirilgan qo‘lbola portlovchi moslama 2009 yil 25 dekabrda Al-Qoidaning nigeriyalik a‘zosi Umar Faruq Abdulmutallib AQShning Detroyt shahriga ketayotgan samolyot bortiga olib o‘tishga uringan bombaga o‘xshash ekani aytilmoqda.

Federal tergov byurosi e‘lon qilgan bayonotda samolyot bortida qo‘lga tushirilgan portlovchi moslama byuro ixtiyorida ekani va mutaxassislar uni o‘rganayotgani bildirilgan.

Dastlabki tekshiruv natijalari bomba Al-Qoida terror tarmog‘i tarafidan Arab yarim orolida amalga oshirilgan hujumlarda qo‘llangan portlovchi qurilmalarga o‘xshash ekanini ko‘rsatgan.

Oq Uy matbuot vakili Keytlin Heyden AQSh Prezidenti Barak Obamaga mazkur terror fitnasi haqida aprel oyida axborot berilganini ma‘lum qildi.

Hindistonga safar qilayotgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton 8 may kuni Dehlida portlovchi moslama havo qatnovi xizmatiga tahdid solmagan, deya ta‘kidladi.

- Moslama fuqaroviy aviatsiyaga taxdid solmaganini aytish mumkin. Ammo bu fitnaning o‘zi, terrorchilar begunoh odamlarni o‘ldirish uchun g‘ayrinsoniy va dahshatli usullarni o‘ylab topayotgani belgisidir,- dedi AQSh Davlat kotibi.

Assosieyted Press agentligi terror hujumini amalga oshirishga urinish bo‘lgani to‘g‘risidagi ma‘lumotni o‘tgan hafta qo‘lga kiritgani, biroq tekshiruv ishlari davom etayotgani hamda Oq Uy va Markaziy razvedka boshqarmasi so‘roviga ko‘ra, xabarni ommaga darhol oshkor qilmaslikka rozi bo‘linganini bildirdi.

Rasmiylar tahlika bartaraf qilinganini ma‘lum qilgach, Assossiated Press hukumat idoralarining bu haqda seshanba kuni rasman e‘lon qilinishini aytganiga qaramasdan, bu haqda dushanba kuniyoq xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Federal qidiruv byurosi qo‘lga tushirilgan portlovchi moslamani aeroport xavfsizlik uskunalaridan yashirin tarzda olib o‘tilishi ehtimoli qanchalik yuqori ekanini tekshirmoqda.

Voqeadan so‘ng Amerika aeroportlarida xavfsizlik choralariga oid o‘zgarishlar kuzatilmadi.
XS
SM
MD
LG