Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:06

Sony Corporation 5,7 milliard dollar zarar ko‘rdi


Yaponiyaning Sony Corporation shirkati o‘tgan bir yil ichida 5,7 milliard AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rganini e‘lon qildi.

Korporatsiya payshanba kuni e‘lon qilgan hisobotiga ko‘ra, Sony birgina joriy yil birinchi choragida 3,2 milliard dollar ziyon qilgan. Yapon shirkati ketma-ketiga besh chorakda zarariga ishlayotganini aytmoqda.

Bundan tashqari bu ma‘lumotlar televizor, PlayStation video o‘yini va boshqa ko‘plab mahsulotlari bilan tanilgan Sony ketma-ketiga 4-chi moliyaviy yilni zarar bilan yakunlayotganini anglatadi.

Sony e‘lon qilgan bayonotda aytilishicha, bunga yapon valyutasi yen bahosining oshgani, o‘tgan yil mart oyida Yaponiyada ro‘y bergan kuchli zilzila va tsunami oqibatlari, bozordagi raqobatning kuchayib, televizorlar sektoridagi narxlarning tushgani sabab bo‘lgan.

Shirkatning ma‘lum qilishicha, hozirda ish o‘rinlarini qisqartirish va boshqa islohotlarni o‘z ichiga oluvchi reja ishlab chiqilmoqda va uning vositasida Sony yaqin kelajakda yana daromadga kirishiga umid qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG