Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:24

Tibetda ikki rohib o‘ziga o‘t qo‘ydi


Tibetlik rohiblarning aksariyati rasmiy Pekin siyosatidan norozi ekani aytiladi.
Tibetlik rohiblarning aksariyati rasmiy Pekin siyosatidan norozi ekani aytiladi.
Xitoyning Tibet muxtor o‘lkasidagi Lhasa shahrida ikki buddaviy rohib rasmiy Pekinning Tibetga nisbatan siyosatiga qarshi norozilik o‘laroq o‘zini yoqib yubordi.

“Erkin Osiyo” radiosining xabar qilishicha, rohiblar o‘zlarini buddaviylarning mashhur Jo‘kang ibodatxonasi oldida yoqib yuborganlar. Bu yerda odatda Lhasaga kelgan chet ellik mehmonlar ko‘p bo‘ladi.

Rohiblar o‘ziga o‘t qo‘yganidan bir necha daqiqa o‘tib, politsiyachilar olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lganlar va o‘ziga o‘t qo‘yuvchilarni olib ketganlar. Guvohlarga ko‘ra, rohiblarning ahvoli og‘ir bo‘lgan va ular jon taslim qilgan bo‘lishlari ham mumkin.
XS
SM
MD
LG