Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:12

O‘zbekiston o‘quv yurtlarida “sotka”dan foydalanish cheklandi


Hukumat nizomidan kelib chiqilsa, o‘zbekistonlik o‘quvchi va talabalar bundan buyon faqat o‘quv yurti tashqarisidagina mobil telefonlardan erkin foydalana oladilar.
Hukumat nizomidan kelib chiqilsa, o‘zbekistonlik o‘quvchi va talabalar bundan buyon faqat o‘quv yurti tashqarisidagina mobil telefonlardan erkin foydalana oladilar.

O‘zbekiston hukumati respublika ta‘lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish to‘g‘risida nizom ishlab chiqdi.

21 maydan e‘tiboran kuchga kirgan va “boy intellektual meros asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy mustaqillik g‘oyalarini hurmat qilish va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash” maqsadida ishlab chiqilgani aytilayotgan bu nizom mohiyatan O‘zbekistondagi maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida uyali telefondan foydalanishga nisbatan qator cheklovlarni joriy qiladi.

Mazkur nizomga muvofiq, ta‘lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta‘lim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar telefonini “ovozsiz” rejimga o‘tkazib qo‘yishi, dars paytida esa telefonni o‘chirib qo‘yishi shart. Nizomda telefon egasiga uni “portfelь, sumka yoki shu kabilarga solib qo‘yish” buyuriladi.

Nizomda qayd etilishicha, uyali telefonni cho‘ntakda olib yurish yoki bo‘yinga osib olish hamda telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta‘lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulanish qat‘iyan ma‘n qilinadi. Shuningdek, nizomda “telefon yordamida atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish”, “zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish” orqali o‘quv yurti obro‘siga putur yetkazish taqiqlanishi aytilgan.

Dars paytida “telefon orqali so‘zlashish, SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish”, “telefonni stol ustiga qo‘yish”, telefondagi musiqani (naushniksiz yoki naushnik yordamida) tinglash, surat va videotasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, o‘yin o‘ynab o‘tirish, tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, telefondan “diktofon, kalьkulyator, taqvim, yon daftar kabilar sifatida foydalanish”, telefon kamerasi yordamida suratga olish va videotasvirga tushirish, telefon orqali boshqa xizmatlardan (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) ma‘n qilishi ham nizomda keltirilgan.

Nizomga muvofiq, mobil telefondan o‘ta zarur bo‘lgan paytda ota-ona, yaqinlar yoki o‘quv yurti rahbarlari va xodimlari bilan aloqa qilish maqsadidagina foydalanish mumkin, ammo favqulodda holatlar sodir bo‘lgan paytda bu qoidalarga amal qilinmaydi.

Hukumat cheklovlari o‘quvchi va talabalar bilan bir qatorda o‘qituvchilar uchun ham tegishlidir.

Nizomda uyali aloqadan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ta‘lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko‘rilishi hamda Nizom talablariga rioya qilinishini nazorat qilish ta‘lim muassasasi direktoriga (yoki fakultet dekaniga) yuklatilishi qayd etilgan. Ogohlantirish, o‘quvchilar kundaligiga yozib qo‘yish, “ota-onalarni xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta‘lim muassasasiga chaqirish” kabilar ana shunday jazo choralari jumlasidandir.

Nizom qoidalari buzilgan taqdirda har qanday o‘qituvchiga ta‘lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish va bu haqda bildirishnoma rasmiylashtirish hamda uni telefon bilan birga maktab direktori yoki fakulьtet dekaniga va u direktor (dekan) o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (yoki o‘quvchining kuratoriga) berish huquqiga ega.
XS
SM
MD
LG