Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:00

Eron hukumati kompyuterlarini zaharlagan murakkab virus topildi


Rossiyaning Kasperskiy anti-viruslar ishlab chiqaruvchi shirkati Eron va Yaqin Sharq davlatlaridagi kompyuterlarni zaharlagan kuchli virusni topganini e‘lon qildi.

Shirkat vakillariga ko‘ra, “Alanga” nomini olgan ushbu virus 2010 yilda Eron yadroviy dasturiga hujum qilgan Stuxnet virusi mualliflari tarafidan ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin.

Eron hukumati Stuxnet zararli dasturini ishlab chiqishda AQSh va Isroilni ayblagan edi.

“Alanga” virusini Stuxnet virusidan 20 marotaba murakkabroqligini aytgan Kasperskiy mutaxassislari uni 5 yildan beri kompyuterlarni zaharlab kelgan bo‘lishi mumkinligini tahmin qilishmoqda.

Eron hukumati yangi virusni yaqinda mamlakatdagi kompyuterlarga nisbatan uyushtirilgan va ma‘lumotlar yo‘qolishiga sabab bo‘lgan yirik hujumda ishlatilganini tahmin qilmoqda.

Kasperski shirkati “Alanga” virusini topishga yordam bergan tekshiruvni BMT buyurtmasi asosida o‘tkazdi.
XS
SM
MD
LG