Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:11

Facebook aksiyalari narxi 30 dollardan tushib ketdi


Internetdagi ijtimoiy tarmoq Facebook saytining birjadagi aksiyalari narxi 30 dollardan tushib ketdi.

Ayni damda tarmoqning bir aksiyasi 28 dollar atrofida sotilmoqda.

Facebook o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini doimiy sarmoyadorlar uchun 18 may kuni AQShning NASDAQ birjasiga chiqargan edi.

Sotuvlarning birinchi kunida tarmoqning bir aksiyasi 38 dollardan sotilgan edi. Bu esa tarmoq umumiy narixini 106 milliard dollarga yetkazgan edi.

Aksiyalar dastlabki savdosi Facebook asoschisi, 28 yashar Mark Zukerbergga 16 milliard dollar keltirgani aytilmoqda.

Facebook 2004 yili o'sha vaqtda 20 yoshga kirgan Mark Zukerberg va uning do'stlari tarafidan Garvard universiteti yotoqxonasida ishlab chiqilgan edi.

Bugungi kunda 900 million foydalanuvchisi bor Facebook dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG