Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:03

Qozoq-xitoy chegarasi yaqinida 15 askar jasadi topildi


Qozoq-Xitoy chegarasi.
Qozoq-Xitoy chegarasi.

Qozog‘istonning Olmaota viloyati Alako‘l tumanida “Gorniy” chegara zastavasida chiqqan yong‘in 15 nafar chegarachining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Bu haqda “Interfaks-Qozog‘iston” axborot agentligi o‘zining huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayangan holda xabar tarqatdi.

- Yong‘indan so‘ng 1 zobit va 13 askar o‘lik holda topildi. Harbiylarning qurollari ham yo‘qolgan, - deya iqtibos keltiradi agentlik o‘z manbasidan.

“Birinchi kanal-Evrosiyo” telekanali ma‘lumotlariga ko‘ra esa, yonib ketgan chegara zastavasida 1 zobit, shartnoma asosida xizmat qilayotgan 3 askar va muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan 11 askar bo‘lgan.

QazTAG xabarida aytilishicha, bu yerga ko‘chma chegara maskani xitoylik fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda dorivor giyohlar yig‘ilishining oldini olish uchun yoz vaqtida qo‘yilardi.

Shuningdek, chegara maskani yaqinida joylashgan ovchi uyida o‘rmonchining jasadi ham topilgani aytilmoqda va uning 2 kun muqaddam o‘ldirilgani taxmin etilmoqda.

Mazkur hodisaga, farazlarga ko‘ra, chegara maskaniga hujum yoki nizomdan tashqari bo‘lgan munosabatlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

31-kanal ma‘lumotlariga ko‘ra, hozir voqea sodir bo‘lgan joyga hukumat komissiyasi uchib ketgan.

Ayni paytda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatida bu favqulodda hodisa yuzasidan kengash o‘tayotgani, kengashdan so‘ng mazkur noxush voqea bo‘yicha rasmiy ma‘lumot berilishi aytilmoqda. Hozircha esa Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakillari hodisa haqida umumiy ma‘lumotlar berish bilan cheklanmoqda. Xususan, Qozog‘iston MXQ raisining birinchi o‘rinbosari Gosman Amrin jurnalistlarga: “Biz favqulodda hodisa sodir bo‘lgani haqida ma‘lumot oldik. Natijada bizda odamlar o‘ldi, degan shubha-gumonlar paydo bo‘ldi. Hozir halok bo‘lganlar soni aniqlanmoqda”, deb aytdi.
XS
SM
MD
LG