Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:27

Qozog‘istonda o‘lgan 15 chegarachining qurollari topildi


Kecha Olmaota viloyati Alako‘l tumanidagi “Gorniy” chegara zastavasidagi Arkan Kergen postida sodir etilgan yong‘inda o‘lgan chegarachilarning yo‘qolgan qurollari bugun topildi.

Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati vakili Larisa Dimitryuk matbuotga xabar qildi. Biroq u voqeaga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlashdan bosh tortdi.

Arkan Kergen postida yong‘in natijasida 15 chegarachi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

31 may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan brifingda
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati direktorining o‘rinbosari Turg‘onbek Istanbekov Arkan Kergen postidagi fojea sabablarini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzilganini ma‘lum qildi.

- Chegara xizmati kuchlari, Milliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat maxsus guruh tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Arkan Kergen postida yoz payti 15 chegarachi xizmat qiladi. Voqea joyida chegara xizmatining direktori general mayor Mirzaliyevning boshchiligidagi guruh fojea sabablarini o‘rganayapti. Chegarachilar o‘limi sabablari aniqlanmoqda, dedi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati direktorining o‘rinbosari Turg‘onbek Istanbekov.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 30 may kuni post bilan aloqa uzilgan. Bu yerda sputnik orqali aloqa o‘rnatib kelingani aytilmoqda.

Mazkur hodisaga, farazlarga ko‘ra, chegara maskaniga hujum yoki harbiy nizomdan tashqari bo‘lgan munosabatlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

QazTAG xabarida aytilishicha, bu yerga ko‘chma chegara maskani xitoylik fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda dorivor giyohlar yig‘ilishining oldini olish uchun yoz vaqtida qo‘yilardi.
XS
SM
MD
LG