Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:52

Sud zalida hukmdan keyingi tartibsizlik


Qozog‘istonning Oqtov shahridagi mahkamada Janao‘zen tartibsizliklariga aloqadorlikda ayblangan 37 sudlanuvchidan 12 nafariga 3 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. 16 sudlanuvchi shartli jazo oldi, 3 nafari oqlandi. Yana 5 ayblanuvchi amnistiya qarori bilan ozod etildi.

Sudya mahkama hukmini o‘qib bo‘lishi bilanoq sud zalida ayblanuvchilar tarafdorlarining noroziligi boshlanib ketdi.

O‘tgan yilning 16 dekabr kuni Qozog‘iston g‘arbidagi Janao‘zen shahri va Shetpe posyolkasida ommaviy tartibsizlklar kelib chiqqan edi.

Neftchilarning 7 oy davomida adolatli talab qilib shaharning markaziy maydonida namoyish qilib turishi mustaqillikning 20 yilligi nishonlanayotgan kunda ommaviy tartibsizlikka aylanib ketgan edi.

Ҳукмдан кейин суд залида тартибсизлик юзага келди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:04 0:00


Tartibsizliklar davomida 17 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq fuqaro jarohat olgan.

5 nafar politsiya xodimi xizmat vakolatini suiste‘mol qilish aybi bilan turli yillarga ozodlikdan mahrum qilindi.
XS
SM
MD
LG