Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:08

Shinji Kagava "Manchester Yunayted"ga o'tdi


"Manchester Yunayted" futbol klubi bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyusson.
"Manchester Yunayted" futbol klubi bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyusson.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining ashaddiy raqiblaridan bo'lmish Yaponiya terma jamoasida bugun yana bayram.

Dortmundning "Borussiya" futbol klubida faoliyat yuritib kelgan yaponiyalik yarim ximoyachi Shinji Kagava "Manchester Yunayted" klubiga 17 million yevroga sotilgani e'lon qilindi.

Bu haqda o'yinchini sotib olgan klub veb-sahifasida xabar berilmoqda.

Transferning aniq narxi aytilmayotgan bo'lsa-da, futbol tahlilchilari Kagavaning iqtidori 17 million yevroga baholanganini aytishmoqda.

Aytib o'tish joiz, "Borussiya" klubi Kagavani 2010 yili Osakaning "Serezo" klubidan 350 ming yevroga sotib olgan edi.

23 yoshli yarim himoyachi iyul oyidan boshlab "qizil iblislar" ishtirokidagi o'yinlarda qatnashishi kutilmoqda. Ungacha u tibbiy ko'rikdan o'tishi va Britaniyada ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlashi kerak.

Shinji Kagava 2006 yildan beri Yaponiya terma jamoasida o'ynab keladi.

Kagava O'zbekiston futboli muhlislari orasida ham taniqlidir. U 2012 yilning 29 fevralida Tokioda o'tgan Yaponiya-O'zbekiston uchrashuvida Ignatiy Nesterov darvozasi oldida bir necha marta xavfli vaziyatlar uyushtirgan.

Esingizga bo'lsa, Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichi doirasida o'tgan uchrashuv 0:1 hisobi bilan O'zbekiston terma jamoasi foydasiga yakunlangan edi.
XS
SM
MD
LG