Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:54

Moskvadagi gey-klublarda o‘zbek yigitlari o‘zini sotmoqda


Rossiya poytaxtidan sim qoqqan Nigina o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlariga asoslanib¸ pul evaziga erkaklarga jinsiy xizmat ko‘rsataëtgan o‘zbek yigitlarining ko‘payib borayotgani xususida tashvish bildiradi.

Moskvadan qo‘ng‘iroq qilib o‘zini toshkentlik Nigina deb tanishtirgan suhbatdoshning aytishicha, keyingi paytda Moskva shahridagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari orasida besoqolbozlar ko‘paymoqda.

Niginaga ko‘ra, o‘zbek muhojirlari besoqolbozlikni “biznes”ga aylantirayaptilar.

- Moskvada ko‘p o‘zbeklar besoqolbozlikka nima bo‘lib ketgan. Juda ko‘p o‘zbek o‘g‘il bolalarimiz shu yerga kelib besoqolbozlik bilan shug‘ullanishayapti.

Ozodlik: Bu sizga qayerdan ma‘lum?

- O‘zimning bir dugonam bor. Shuning bir ukasi ham shunaqa ekan. 21 yashar bola. U ham besoqolboz ekan. Asli o‘zbekistonlik. Bu yerga kelib shu ish bilan shug‘ullanayapti. O‘zim xuddi shunaqalar to‘planadigan diskotekaga bordim. Menda qiziqish bo‘ldida u narsaga.

Ozodlik: O‘zbek yigitlari boradigan diskoteka bor ekanmi?

- U yerda nafaqat o‘zbeklar, tojik, rus hammasi. Lekin ko‘p o‘zbeklarimiz shu yoqqa kelib shu narsa bilan shug‘ullanib, unaqa narsa bilan shug‘ullanadigan o‘zbeklarimiz juda ko‘p. Toshkent, Andijon hamma yerdan bor ekan o‘sha yerda. Men bordim bitta joyga. Ular aytishayaptiki, bitta bu diskotekada emas hamma diskotekada, ularning tilida gey klubmi deyilarkan, shularning hammasiga o‘zbeklar borishar ekan.

Ozodlik: Siz aytayotgan o‘zbeklar talabalarmi, mehnat muhojirlarimi? Kimlar orasida bunaqa holat ko‘p?

- Ko‘pi mehnat muhojirlari. Nimadan kelib chiqayapti bu narsa? Ishlamasdan o‘sha orqali pul topish ularga oson tuyulayapti.

Ozodlik: Ayollar fohishalik qilsa, bular besoqolbozlik qilib pul topayaptimi?

- Ha. Men shu narsalarning guvohi bo‘ldim. O‘zbek yigitlarimiz besoqolbozlik qilib pul topishayapti. Bu o‘zbekchilikka, musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydigan narsayu.

Ozodlik: Siz ko‘zim bilan ko‘rdim deyapsiz. Qanaqa holatda ko‘rdingiz, qayerda ko‘rdingiz gapirib bering.

- U yerda alohida xona bor ekan.

Ozodlik: Qayerda?

- Diskotekada. Diskotekada kim yoqsa, o‘sha bilan pulini kelishib o‘sha xonaga kirib ketarkan.

Ozodlik: Bu erkaklarning kiradigan xonasimi?

- Ha. Bir kunda 3-4-5-6 odam bilan, o‘sha ukasi oltita odam bilan bo‘lib chiqqanini ko‘rdim.

Ozodlik: Qancha ishlasharkan?

- O‘sha kuni men ko‘rganim o‘zbeklarimizdan eng ko‘p topgani 15 ming rubl topdi.

Ozodlik: Dollarda qancha bo‘ladi bu?

- 300-400 bo‘ladi.

Ozodlik: Bitta yigit shu ish bilan shug‘ullansa, bir kunda 400 dollar atrofida topayaptimi?

- Ha. Hatto ishonasizmi men o‘zim guvoh bo‘ldim shu narsaga, bizning o‘zbek yigitlari qiz bola jinsiga o‘tishayapti.

Ozodlik: Operatsiya orqali o‘zgartirayaptimi?

- Ha. Undan tashqari shunaqangilar ham bor ekanki, o‘sha yerda men bir o‘zbek bola bilan tanishdim, u bola operatsiya qildirmagan, prosto parik taqar ekan, qizlarga o‘xshab yasanib, qizlarga o‘xshab kiyinarkan. Yaqinda operatsiya qildiraman dedi.

Ozodlik: Operatsiya qildirish ancha pul tursa kerak.

- Bilmadim. Unisini surishtirmabman. Men o‘zbeklarda unaqa narsa yo‘q deb o‘ylardim.

Ozodlik: Bu yoqdan boradigan o‘zbek yigitlarining shu ishni qilib pul topishi qanchalik rivojlangan?

- Juda ham ko‘p. Moskvada Kitay gorod degan joy bor. Kitay gorod degan metro bor. Metrodan chiqishda o‘sha besoqolbozlar turadi. Biznesi juda ham kuchli. U yerda o‘zbek bolalar ham juda ko‘pchiligi turadi. Har xil millatdan kelganlar ularni olib ketishadi. Bir kunga olib ketishadi. Bir-birini dugona deyisharkan ular. Shularning hammasi bilan gaplashib men juda nima bo‘lib ketdim. Agar bunaqa ketishda bo‘lsa, tez orada o‘g‘il bolalarimiz ham qolmasa kerak, deydi Nigina.
XS
SM
MD
LG