Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:32

Qozoq o‘qituvchisi o‘quvchisi o‘limida ayblanmoqda


Divinning ota-onasi o‘g‘lining yuzida jarohat izlari bo‘lgani uchun uning o‘z ajali bilan o‘lganiga shubha bildirib kelmoqda.
Divinning ota-onasi o‘g‘lining yuzida jarohat izlari bo‘lgani uchun uning o‘z ajali bilan o‘lganiga shubha bildirib kelmoqda.

Pavlodar mahkamasi o‘qituvchi Alish Junusovni o‘z o‘quvchisi 16 yoshli Aleksandr Divinning o‘limida asosiy gumondor sifatida hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi.

Pavlodar tuman mahkamasi Chernoretsk maktabi o‘quvchisi Aleksandr Divinning o‘limida gumonlanayotgan o‘qituvchi Alish Junusovni ikki oyga hibsda ushlab turish bo‘yicha qaror chiqardi.

Mahkama qarorida aytilishicha, tergov idoralari Alish Junusovning Divin o‘limiga aloqadorligiga oid ma‘lumotlarni sudga taqdim qilgan.

Ayni paytda Junusov hech qayerda ishlamaydi, buydoq va hech qanday mulk egasi emas. Sudya fikricha, ayni holat Junusovning tergov va suddan qochib yashirinishi mumkin degan taxminlarni keltirib chiqargani uchun uni hibsga olish haqida qaror berilgan.

O‘tgan yilning 21 oktyabr kuni Chernoretsk maktabining o‘quvchisi, 16 yoshli Aleksandr Divin maktab yerto‘lasidan o‘lik holda topilgan edi.

Divin o‘limidan avval sinf rahbari va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Alish Junusov bilan suhbatlashgani ma‘lum bo‘lgan.

Mahkumning qarindoshi Jauxasin Jumagulovning Ozodlik radiosiga aytishicha, Divinning ota-onasi pavlodarlik sud tibbiy ekspertlariga ishonmagani bois, o‘g‘lining murdasini Olmaotadagi mustaqil ekspertlar tomonidan qayta eksgumatsiya qildirgan.

Olmaotalik ekspertlar xulosasiga ko‘ra, Divinning o‘limi o‘tmas narsa bilan berilgan jarohat ortidan yurakning shikastlanishi natijasida kelib chiqqan.

23 aprel kuni Alish Junusov politsiya tomonidan hibsga olingan. Biroq Pavladar tuman prokurori Aset Sattiboyev Junusovni hibsda ushlab turishni rad qilgach, u ozodlikka chiqarilgan edi.

Jauxazin Jumagulovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi va mamlakat Bosh prokuraturasiga qilingan murojaatlar ortidan Junusov qayta hibsga olingan.

- Bu ishda hali nuqta qo‘yishga erta. Nafaqat ayblanayotgan o‘qituvchi, balki ishni bosti-bosti qilishni xohlagan shaxslar ham jazosini olishi kerak. Biz mahkamaga korruptsiya aralashmasligi uchun Junusov ishini shahar sudida ko‘rilishiga erishamiz, deydi Jumagulov.

Divin o‘limi bilan bog‘liq dastlabki versiyaga ko‘ra, Alish Junusov Sasha Divin bilan maktab yerto‘lasida tarbiyaviy suhbat olib borgan payti o‘quvchi o‘zini yomon his qilib, keyin yuragi to‘xtab qolgan.

Biroq Divinning yaqinlari uning yuzidagi jarohat izlari bois bu versiyaga ishonmasliklarini aytib, Junusovni mahkamaga tortishni talab qilgan.
XS
SM
MD
LG