Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:55

Varshavada futbol ishqibozlari mushtlashdi


Varshavada polyak va rus futbol ishqibozlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir etildi.

Polyak politsiyasi futbol ishqibozlarini tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashga majbur bo‘lgan. Politsiya o‘ndan ortiq odamni hibs qilgan. Bir necha odamning jarohatlangani aytilmoqda.

Ma‘lumotlarda aytilishicha, seshanba kuni kechqurun rossiyalik 5 ming futbol ishqibozi Varshavada piyoda yurish qilib Milliy stadionga bormoqchi bo‘lgan.

Ularning bu harakati polyak ishqibozlariga yoqmagani oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Seshanba kuni o‘tgan Rossiya va Polsha terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisob bilan yakunlangan.

O‘yindan so‘ng stadion atrofida rus va polyak futbol ishqibozlarining yangi to‘qnashuvlari yuz bergan. Politsiya 56 odamni hibs qilgan. Yetti odam jarohat olgan.
XS
SM
MD
LG