Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:22

Maradona "Al-Vasl" klubidan haydaldi


Argentinalik taniqli futbolchi, ayni damda murabbiylik foliyati bilan shug'ullanayotgan Diyego Maradona Birlashgan Arab Amirligining "Al-Vasl" futbol klubi bosh murabbiyi lavozimidan haydaldi.

Xabarlarga ko'ra, klub rahbariyati 10 iyul kuni shunday qarorga kelgan.

Maradonani ishdan olinishiga "Al-Vasl" klubining o'tgan mavsumda mukofotli o'rinlarni qo'lga kirita olmagani va oldingi mavsumga qaraganda milliy chempionatda ikki pog'ona pastlab, sakkizinchi o'rinni olgani asosiy sabab deya aytilmoqda.

Shunday qilib, argentinalik murabbiyning "Al-Vasl" bilan 2011 yilda tuzgan ikki yillik shartnomasi muddatidan oldin tugatildi.

Joriy yil boshida Diyego Maradona va'da qilingan futbolchilar sotib olinmagani tufayli klub rahbariyatidan norozi ekanligi haqida xabar qilingan edi.

Bundan avval Maradona Argentinaning "Mandiyu" va "Rasing" klublariga va Argentina milliy terma jamoasiga murabbiylik qilgan.

Taniqli "Xudoning qo'li" nomini olgan go'li bilan tanish Diyego Armando Maradona 1960 yilning 30 oktyabrida Argentinaning Lanus shahrida tavallud topgan. 1986 yilda Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempionligini qo'lga kiritgan Maradona 20-asr futboliining eng yorqin yulduzlaridan biridir.
XS
SM
MD
LG