Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:30

MTSning Toshkentdagi markaziy idorasi yopildi


Rossiyadagi MTS kompaniyasining O‘zbekistondagi sho‘basi bo‘lgan “O‘zdunrobita” shirkati Labzakdagi bosh savdo va xizmat markazi yopilganini ma‘lum qildi.

Shirkat rasmiy saytida mijozlar uchun qo‘yilgan bildirishnomada¸ Shayxontohur tumanidagi markaziy idoraning texnik sabablarga ko‘ra yopilgani aytiladi.

Shirkat rahbariyatining bildirishicha¸ markaziy ofis yopilgani munosabati bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatish Amir Temur ko‘chasidagi 2-sonli idoraga ko‘chirilgan.

Bundan avval 7 iyul kuni O‘zbekiston Davlat aloqa inspektsiyasi shirkatning 208 stantsiyasini noqonuniy ishlab kelgan deb topib¸ ularni yopish haqida buyruq bergan edi.

MTS O‘zbekistonda 3000 dan oshiq stantsiyaga ega va Aloqa inspektsiyasi qarori bilan bu stantsiyalarning 10 foizi ishdan to‘xtatildi.

MTS matbuot kotibi Valeriya Kuzmenko Dow Jones Newswires agentligiga O‘zbekiston rasmiy idoralarining shirkatga qarshi olib borayotgan keng ko‘lamli tekshiruvlariga qaramay¸ “O‘zdunrobita” o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifatini saqlab qolishga urinayotganini bildirdi.

O‘zbekiston rasmiy idoralarining “O‘zdunrobita”ga qarshi harakatlarini agressiv va qonunga zid deb baholagan MTS matbuot kotibi¸ yuzaga kelgan vaziyatning asl sabablari qorong‘uligicha qolayotganini ta‘kidladi.

Ayni paytda¸ “O‘zdunrobita” direktori Behzod Ahmedov taqdiri hamon qorong‘uligicha qolmoqda.

Shirkat va uning rahbarlari rasman iqtisodiy jinoyatlarda ayblanishi arafasida O‘zbekistondan qochib ketgani aytilgan Ahmedov¸ ayrim nashrlarga ko‘ra¸ Moskvadan Toshkentga olib kelingan.
XS
SM
MD
LG