Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:40

Dunyo aholisining to‘rtdan uch qismi mobil aloqadan foydalanadi


Bugungi kunda dunyo aholisining to‘rtdan uch qismi mobil telefondan foydalanish imkoniyatiga ega. Jahon banki chiqargan yangi hisobotda ana shunday raqam keltirilgan.

Bosh qarorgohi Vashington shahrida joylashgan tashkilot hisobotida aytilishicha, mobil aloqaning odamlar hayotiga tez suratlarda kirib borishi qator sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, moliyaviy xizmatlar va davlatni boshqarishda keng o‘zgarishlar yaratmoqda.

Hisobotda mobil telefon va mobil internet foydalanuvchilari soni dunyo bo‘ylab tez suratlarda oshib borayotgani ko‘rsatilgan.

Ko‘rsatkichlarga ko‘ra, aynida damda O‘zbekistondagi oilalarning kamida 82 foizi mobil telefonga ega.
XS
SM
MD
LG