Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

Imomga suiqasdda ayblanganlar hukm chiqquncha ozod qilindi


Shvetsiyaning Stromshund shahrida o‘zbekistonlik taniqli imom Obidxon qori Nazarovga qilingan suiqasdga ko‘maklashganlikda ayblangan o‘zbekistonliklar mahkama hukmi e‘lon qilinguniga qadar qamoqdan ozod qilindi.

Shvetsiya prokuraturasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan er-xotin Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalarni shu yilning 22 fevral kuni o‘zbekistonlik diniy ulamo Obidxon qori Nazarovga suiqasd qilgan shaxsga ko‘maklashganlikda ayblayotgan edi.

15 may kuni hibsga olingan ayblanuvchilar ustidan mahkama Stromsund shahrida 12 iyuldan 18 iyulgacha davom etdi. Sud Bahodir Po‘latov va Nodira Aminova ustidan hukm chiqqunga qadar ochiqda qolishlari mumkinligi haqida hukm qildi. Hukmning 26 iyul kuni o‘qilishi kutilmoqda.

Payshanba kuni sud qarori e‘lon qilinishida qatnashgan o‘zbekistonlik siyosiy muhojir Ahmadjon Ozodlikka bu haqda gapirib berdi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:03 0:00
Бевосита линк

Obidxon qori Nazarov tarafdorlari Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalar hukm o‘qilgunga qadar Shvetsiyadan qochib ketishlari ehtimoli borligidan xavotir bildirmoqda.

Sud jarayonini kuzatgan va ismi sir qolishini istagan yana bir o‘zbekistonlik muhojir Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalar oqlanishi mumkinligini ham ehtimoldan soqit qilmadi.

Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalarning hukmga qadar ozodlikka chiqarilishi bunday taxmin uchun asosdir deydi suhbatdoshimiz.

Uning nazarida prokuror bu juftlikning suiqasdga aloqadorligini jiddiy tarzda isbotlay olmagan.

Sud jarayonini kuzatgan Ahmadjon esa Bahodir Po‘latov va Nodira Aminovalarning suiqasdga aloqadorligi mahkamada o‘z isbotini topdi degan fikrda.

Payshanba kuni mahkama prokurori Krister Peterson ayblanuvchilarga 8 yil qamoq jazosini so‘radi.

Sud majlisini kuzatgan Östersunds-Posten gazetasi muxbiri Tord Andersonga ko‘ra, prokuror sud tergovidagi ko‘rsatmalardan suiqasd ortida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati turgan, degan xulosani bergan.

"Biz taqdim etgan faktlar suiqasd imomning tuzumni tanqid qilgani uchun sodir etilganligi va uning o‘zbek xavfsizlik xizmatlari topshirig‘i bilan amalga oshirilganiga hech qanday shubha qoldirmaydi", deya ta‘kidladi prokuror Peterson, dedi jurnalist.

Obidxon qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum shaxs tomonidan otib ketilgan edi.

Mahkama so‘ngida so‘z olgan Shvetsiya prokurori Krister Peterson o‘zbek imomiga qilingan suiqasd ortida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati turgan bo‘lishi mumkinligi bir qancha dalillar bilan tasdiqlangani va bu bilan bog‘liq boshqa farazlar yo‘qligini, suiqasdga ko‘maklashganlikda gumonlanayotgan Bahodir Po‘latov va Nodira Aminova O‘zbekiston tomonidan yuborilgan odamlar bo‘lishi mumkinligini bayon qildi.

Suiqasdning bevosita ijrochisi hamon ochiqda qolmoqda va uning ham O‘zbekiston fuqarosi ekani taxmin qilinmoqda.

Sud jarayoni davomida uning shaxsiga to‘xtalgan prokuror 1978 yilda tug‘ilgan Yuriy Jukovskiy ismini tilga oldi.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov hamon shifoxonada koma holatida yotibdi.
XS
SM
MD
LG