Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:04

18 milliard spam tarqatuvchi botnet o'chirildi


Dunyo bo'ylab jo'natiladigan spam-xatlarning 18 foizini tarqatuvchi Grum nomli yirik botnet zararsizlantirildi.

Botnetga qarshi uyushtirilgan amaliyotda AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiyadan kompyuter xavfsizligi bo'yicha mutahassislar qatnashgani aytilmoqda.

FireEye blogida xabar qilinishicha, 17 iyul kuni botnetning Gollandiya va Panamadagi serverlari o'chirilgan, biroq o'sha kunning o'zidayoq Grum tarmog'ining Ukrainada joylashgan yangi oltita serveri ishga tushgan.

Mutahassislar botnetning barcha serverlarini 18 iyul kuni o'chirishga muvaffaq bo'lishgan.

Grum botneti ortida kim turganligi haqida hozircha aniq ma'lumot berilgani yo'q.

Mazkur spam tarmoq kattaligi bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Birinchi va ikkinchi o'rinda Cutwail va Lethic botnetlaridir.

Grum bir kunda 18 milliard spam-xatlarni jo'natish qurbiga edi. Botnet tarmog'ida dunyoning har chetida joylashgan yuz mingdan ziyod zararlangan kompyuterlar bo'lgan.

Spam-xatlar tarqatuvchi botnet qanday ishlashini ko'rsatuvchi surat:
XS
SM
MD
LG